“O‘zbekneftgaz”: Jahonda ilk bor “Uzbekistan GTL” zavodida tabiiy gazdan sintez qilish yo‘li bilan sintetik aviakerosin ishlab chiqarildi

A A A
“O‘zbekneftgaz”: Jahonda ilk bor “Uzbekistan GTL” zavodida tabiiy gazdan sintez qilish yo‘li bilan sintetik aviakerosin ishlab chiqarildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va qo‘llab-quvvatlashi tufayli, “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tizimida yangi davr - ustuvor vazifalar hamda istiqbolli rejalarni amalga oshirish jarayoni boshlandi. Sababi, "gazni – suyuqlikka" texnologiyasi asosida dunyodagi yetakchi zavodlardan biri bo‘lgan “Uzbekistan GTL”da ishlab chiqarish turi kengaymoqda.

“Uzbekistan GTL” zavodida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish, uning sifatini doimiy ravishda nazorat qilish maqsadida, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida “Ishchi guruh” tashkil qilingan bo‘lib, doimiy ravishda sintetik yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarilishi holatini o‘rganish, mahsulotlarni saqlash, sotish hamda yetkazib berish jarayonlari o‘rganib kelinmoqda.

Quvonarlisi esa, Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolarining tashrifi davomida yana bir yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarilishiga start berildi. Nafaqat O‘zbekiston, balki jahon tarixida ilk bor, “Uzbekistan GTL” zavodida xalqaro standart (ASTM D-7566) va texnik talablariga mos bo‘lgan sintetik aviakerosin mahsuloti ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

“O‘zbekneftgaz”: Jahonda ilk bor “Uzbekistan GTL” zavodida tabiiy gazdan sintez qilish yo‘li bilan sintetik aviakerosin ishlab chiqarildi

Sintetik kerosinning 23 ta asosiy fizik-kimyoviy va texnik parametrlari to‘liq talab darajasiga yetkazildi. Asosiy parametrlardan biri bo‘lgan muzlash harorati xalqaro standart talab darajasiga (-47°S) yetkazish ishlari yakunlandi.

Bugungi kunga qadar, “Uzbekistan GTL” zavodi tomonidan IATA, ASTM International, Def Stan xalqaro tashkilotlarining aviasiya yoqilg‘isi uchun xom ashyo sifatida GTL kerosinini sintetik komponent sifatida foydalanishga ruxsat etilganligi to‘g‘risida ijobiy xulosalar olingan.

GTL zavodida ishlab chiqarilgan sintetik kerosinining birinchi partiyasi namunasi olinib, xalqaro aviasohani tartibga soluvchi tashkilot (IATA) tavsiyasiga ko‘ra, muvofiqlik sertifikatini olish uchun SGS kompaniyasining Estoniya, Belgiya va Fransiyadagi laboratoriyalariga tahlil va tegishli xulosa olish uchun yuborildi.

“O‘zbekneftgaz”: Jahonda ilk bor “Uzbekistan GTL” zavodida tabiiy gazdan sintez qilish yo‘li bilan sintetik aviakerosin ishlab chiqarildi

Boshqaruv raisi avvalo joriy yilning 15 iyun kuni “Uzbekistan GTL” zavodida O‘zbekiston tarixida birinchi sintetik nefti, 2022 yil 29 iyun kuni O‘zbekiston neft-kimyo sanoati tarixida ilk bor sintetik dizel, keyinchalik “GTL” sintetik naftasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlab, mutaxassislarning yana bir izlanishi samara berganini hamda tabiiy gazdan sintez qilish yo‘li bilan Jahon tarixida ilk bor sintetik aviakerosin ishlab chiqarilganini rasman ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” a’zolari tomonidan tashrif chog‘ida import o‘rnini bosuvchi neft mahsulotlari va uglevodorod xomashyolarini ishlab chiqarilishi, mahsulotni saqlash, sotish hamda yetkazib berish jarayonlari o‘rganildi.

Sintetik aviakerosin ishlab chiqarish hajmini oshirish, xalqaro standart (ASTM D-7566) hamda texnik talablarga rioya qilgan holda sintetik aviakerosin ishlab chiqarilishini nazorat qilish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

“O‘zbekneftgaz”: Jahonda ilk bor “Uzbekistan GTL” zavodida tabiiy gazdan sintez qilish yo‘li bilan sintetik aviakerosin ishlab chiqarildi

“Uzbekistan GTL” zavodining to‘liq ish rejimiga o‘tilgani sabab, sintetik yoqilg‘i mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmini bosqichma-bosqich oshirib borish hamda mahsulotlarning yuqori sifatda bo‘lishini ta’minlash kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, ishlab chiqarish hajmini oshirib borish natijasida mahsulot tannarxining arzonlashishiga erishish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Joriy yilning 14 sentyabr kunidan boshlab O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi orqali sotuvga joylashtiriladigan sintetik dizel yoqilg‘isining bir tonnasi boshlang‘ich narxi 13 mln. 897 ming 109 so‘mgacha arzonlashtirilishi belgilandi.

So‘nggi ikki oy ichida ikkinchi marotaba narx arzonlashtirilib, joriy yilning 29 avgust kuni sintetik dizelning boshlang‘ich narxi 15 mln. 550 ming 500 so‘mdan 14 mln. 504 ming 378 so‘mgacha kamaytirilgan edi.

“O‘zbekneftgaz”: Jahonda ilk bor “Uzbekistan GTL” zavodida tabiiy gazdan sintez qilish yo‘li bilan sintetik aviakerosin ishlab chiqarildi

Zavoddagi 11 mingga yaqin uskuna va asosiy ishlab chiqarish qurilmalarining sinxron ishlashini ta’minlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar holati ham o‘rganildi va texnologik jarayonlarda mehnat qilayotgan muhandislar, yosh mutaxassislar bilan ochiq suhbat qilindi.

Zavodning ishlab chiqarish sexlari boshliqlari va rahbar xodimlar ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazildi va sintetik yonilg‘i mahsulotlarini ishlab chiqarilishi uzluksizligini ta’minlash, iste’molchilarga o‘z vaqtida va sifatli yonilg‘i mahsulotlarni yetkazib berilishini bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Bugungi kunga qadar esa GTL majmuasi jami 55 ming tonna sintetik dizel yoqilg‘isi va 20,5 ming tonna sintetik nafta ishlab chiqarilgan bo‘lib O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi orqali kunlik ravishda iste’molchilarga yetkazilmoqda.

“O‘zbekneftgaz”: Jahonda ilk bor “Uzbekistan GTL” zavodida tabiiy gazdan sintez qilish yo‘li bilan sintetik aviakerosin ishlab chiqarildi

Eslatib o‘tamiz, “Uzbekistan GTL” majmuasida yiliga umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollari yoki 12,8 trillion so‘mdan ortiq import o‘rnini bosuvchi neft mahsulotlari va uglevodorod xom ashyolari ishlab chiqarilish rejalashtirilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

Mers Ukraina bo‘yicha muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi

Мерц бу ҳақда ZDF телеканалида айтиб ўтди.

Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi

Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.

AQSh Jahon Savdo Tashkilotining davri tugadi deb hisoblamoqda

Бу ҳақда Financial Times (FT) хабар бермоқда.

Rossiyaning Dushanbedagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Нашр хабарига кўра, гап Москва вилоятидаги мактабнинг 4-синф ўқувчиси Қобилжон Алиевнинг ўлдирилиши ҳақида бормоқда.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.