“O‘zbekneftgaz” firibgarlar tuzog‘idan ogohlantirdi: "Rayhon va boshqa san’atkorlarning suhbati yolg‘on" (FOTO)

“O‘zbekneftgaz” firibgarlar tuzog‘idan ogohlantirdi: "Rayhon va boshqa san’atkorlarning suhbati yolg‘on" (FOTO)

Ijtimoy tarmoqda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan taqdim etilayotgan yangi loyihada ishtirok etib, mo‘may daromad olish imkoni yaratilayotgani haqidagi soxta videoroliklar tarqatilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” firibgarlar tuzog‘idan ogohlantirdi: "Rayhon va boshqa san’atkorlarning suhbati yolg‘on" (FOTO)

Shuningdek, https://uzbekneftegaz.info/ veb-sayti orqali foydalanuvchilarni soxta loyihada faol ishtirok etishga undovchi o‘zbek san’atkorlarning suratlari va ularning loyihada ishtirok etib, boyib ketgani haqidagi yolg‘on intervyular nashr etilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” firibgarlar tuzog‘idan ogohlantirdi: "Rayhon va boshqa san’atkorlarning suhbati yolg‘on" (FOTO)

Ushbu saytda uyushtirilayotgan soxta suhbatlarda go‘yoki "O‘zbekneftgaz" AJ O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda ushbu investisiya loyihasini davlat xomashyo bozorining kengayishi munosabati bilan ochishga qaror qilgani, hukumat mikro-sarmoyalar orqali iloji boricha ko‘proq odamlarni bunday serdaromad sohaga jalb qilishdan manfaatdor ekanligi aytilgan.

“O‘zbekneftgaz” AJ ushbu loyiha va u haqdagi videorolikni “O‘zbekneftgaz” AJga rasman tegishli emasligini ma’lum qiladi.

Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ushbu loyihada ishtirok etmaslikka va firibgarlardan ogoh bo‘lishlikka chaqiradi.

Sohaga tegishli barcha ishonchili xabar va e’lonlarni “O‘zbekneftgaz” AJning quyidagi rasmiy sahifalaridan olishingiz mumkin:

• web-site https://www.ung.uz/;

• Telegram https://t.me/ao_uzbekneftegaz;

• facebook https://www.facebook.com/aouzbekneftegaz;

• instagram https://www.instagram.com/uzbekneftegaz;

• teletype (https://teletype.in/@uzbekneftegaz,

• vk https://vk.com/uzbekneftegaz.

Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tish joizki, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunning 121-moddasi 2-qismiga muvofiq, veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan, bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborotni joylashtirishdan avval uning to‘g‘riligini tekshirishi, shuningdek, joylashtirilgan axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda uni darhol o‘chirib tashlashi shart.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!