“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining kelgusidagi ustuvor vazifalari ko‘rib chiqildi

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining kelgusidagi ustuvor vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Mamlakatimizda energetika xavfsizligini mustahkamlash, energiya resurslari, jumladan, tabiiy gazga bo‘lgan ichki talabni barqaror qondirish hamda iqtisodiyot tarmoqlarini uzluksiz ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, iqtisodiyot va aholining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji ortib borayotgani yangi zaxiralarni aniqlash, mavjud konlar samaradorligini oshirish va yangilarini ishga tushirishni taqozo etmoqda.

Shu munosabat bilan “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining oldiga sohada natijadorlikni tubdan oshirish va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish vazifalari qo‘yilgan.

Taqdimotda qayd etilganidek, 2025 yilda jamiyat korxonalari tomonidan 25,2 milliard kub metr tabiiy gaz qazib chiqarilib, 56 ta yangi quduq burg‘ilandi, 29 ta quduq mukammal ta’mirlandi.

2026-2027 yillarda tabiy gaz chiqarish hajmini barqaror darajada ta’minlash, 300 dan ortiq geologik-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Taqdimotda buning uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida axborot berildi.

Jumladan, geologiya-qidiruv va geologik-texnik tadbirlar samaradorligini oshirish, zaxiralarni ko‘paytirish va qazib chiqarish hajmlarining barqarorligini ta’minlash, xaridlar tartib-taomillarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, gazni chuqur qayta ishlash orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, import o‘rnini bosuvchi eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, jamiyat va uning korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish choralari ko‘riladi.

Kompaniya faoliyatida operasion samaradorlikni oshirish, xususan, sohaga oid bo‘lmagan aktivlarni tasarrufdan chiqarish, homiylik to‘lovlarini to‘xtatish hamda xarajatlarni maqbullashtirish orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratilishi qayd etildi.

Ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, sohada sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ichki nazorat va komplayens tizimini kuchaytirish, moliyaviy aktivlar harakatini nazorat qilish, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalari jamiyat faoliyatining muhim ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Davlatimiz rahbari belgilangan vazifalar va rejalashtirilgan barcha tadbirlar ijrosini aniq hisob-kitob, qat’iy intizom hamda shaxsiy javobgarlik asosida ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Taqdimotda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish jarayonida, shu jumladan Surxondaryo viloyatida qayd etilgan texnogen holatlarga ham to‘xtalib o‘tildi. Bunday holatlar yangi istiqbolli maydonlarni izlash, quduqlarni chuqur burg‘ilash va geologik qatlamlarni o‘rganish jarayonlarining tabiiy tarkibiy qismi bo‘lib, ular dunyo amaliyotida ham ko‘p uchrab turadi. Yurtimizda bunday vaziyatlarda tegishli choralar ko‘rib borilayotgani ta’kidlandi.

Prezidentimiz mutasaddilarga geologik tadqiqotlar olib borilayotgan hududlarda doimiy monitoringni kuchaytirish, zamonaviy nazorat texnologiyalarini joriy etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li sud zalida hibsga olindi

Жиноят ишлари бўйича Наманган вилояти Поп туман судида Одилхон қори Юнусхон ўғлига оид жиноят иши бўйича суд жараёни бошланди.

Aholini ro‘yxatga olish savolnomasini xato to‘ldirganlarga ogohlantirish yuborilmoqda

Бу ҳақда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирининг расмий саҳифасида маълум қилинди.

Rossiya O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan majburan chiqarib yubordi (video)

Шу сабабли, ушбу давлатларнинг фуқаролари ўтказилган махсус рейд тадбирида қўлга олиниб, Россиядан депортация қилинди.

Ronaldu Jorjina Rodrigesga murojaat qildi

"Ан-Наср" клуби ва Португалия миллий терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду қаллиғи Жоржина Родригесни 32 ёшга тўлгани билан табриклади.

Nikolay Valuyev: "Markaziy Osiyo davlatlariga hech qachon tahdid qilmaganman"

Валуевнинг сўзларига кўра, бу видео бошидан охиригача қайта ишланган ва интернетда нафрат қўзғатиш учун тарқатилган.

Saratonning davosi topildi!

Ҳозирча сичқонларда ўтказилган экспериментал синовлар ақлбовар қилмас натижалар кўрсатди.

Xitoy qurolli kuchlari eng katta yo‘qotishlardan biriga duch keldi

Журналистларнинг таъкидлашича, “тозалаш” кўламининг кенгаяётгани Хитойда нафақат коррупцияга, балки сиёсий садоқатга тобора кўпроқ эътибор қаратилаётганидан далолат беради.

Uyushtirilgan suiqasdda hokim omon qoldi

Бу ҳақда Филиппин давлат ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Рўйхатнинг энг қуйи поғонасидан Бутан, Белиз, Марказий Африка Республикаси каби мамлакатлар ўрин олган.

Mayk Xakkabi: "Isroilni yoqtirmasangiz, telefon ishlatmang!"

Унда Қуддусдаги Ҳадассаҳ Medical ёки Тел-Авивдаги Шеба Medical марказларига раҳмат айтинг.

Ronaldu maydonda asr rekordini o‘rnatdi

Португалия терма жамоаси ва “Ан-Наср” клуби ҳужумчиси Криштиану Роналду яқинда профессионал фаолиятида 1300-учрашувини ўтказиб, умумий голлари сонини 956 тага етказиб олди.

Vanganing «bashoratlari»: Uchinchi jahon urushi 2026 yilda boshlanadi

Ер атмосферасига улкан космик кема кириб келиши ва инсоният тарихида янги давр бошланади

Saida Mirziyoyeva: Bu fojia nafaqat O‘zbekistonga, balki barcha postsovet mamlakatlariga xosdir"

Бошловчининг: «Одамлар ўзига зарар бераётганини тушуниб етиши учун нега давлат худди „болға“ каби тепасида туриши керак?» деган саволига жавобан, Саида Мирзиёева асл ўзгаришлар секин-аста, вақт ўтиши билан рўй беришини айтди.

Hatto YTHdan keyin ham Adam Qodirov medal olib kelmoqda

Адам Қодиров йўл-транспорт ҳодисасидан кейинги ҳолатда ҳам медаль билан тақдирланди.

Tibbiyot xodimlarining ish haqi oshirildi

2026 йилнинг 1 январидан бошлаб соҳа вакилларининг маошлари сезиларли даражада оширилди.

Qozog‘istonda 14 milliard dollar chiqarildi — katta iqtisodiy va geosiyosiy mojaro xavfi

14 миллиард доллар Қозоғистоннинг 2025 йилги давлат бюджети даромад қисми қарийб учдан бирини ташкил этади. Баёнотдан сўнг интернетда катта муҳокама бошланди, бироқ видео расмий ОАВдан уч соатдан сўнг ўчириб ташланган.

Turkiya Isroilning Eronga qarshi ehtimoliy hujumining asosiy nishonini oshkor qildi

Туркия ташқи ишлар вазири Ҳакан Фидан бу ҳақда Al Jazeera телеканалига берган интервьюсида маълум қилди.

Zelenskiyni ikki kundan beri Moskvaga muzokaraga chaqirishmoqda

Бу хабар Кремл матбуот котиби Дмитрий Песков орқали расман эълон қилинди. Унинг айтишича, “музокараларни бошқа жойда ўтказиш ҳақида гапириш мақсадсиз”.

Abduqodir Husanov «Siti»ning «yuragi»ga aylandimi?

"Манчестер Сити" чоршанба оқшомида Чемпионлар лигаси 8-турида "Галатасарой"ни қабул қилиб, 2:0 ҳисобида ғалаба қозонди.

Evropa Islom Inqilob Qo‘shinlarini “terroristik tashkilot” deb e’lon qilib katta strategik xatoga yo‘l qo‘ydi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббас Арагчи Европа Иттифоқининг Ислом Инқилоб Қўшинларини (ИИК) «террористик ташкилот» деб эълон қилишини жиддий стратегик хатога нисбатан баҳолади. Унинг фикрига кўра, бу қарор Европа учун ўз манфаатларига қарши ҳам таъсир кўрсатиши мумкин.

Buxoroda IIB xodimi o‘zini daryoga tashlagan ayolni qutqarib qoldi

Қайд этилишича, жабрланувчини 4 нафар фарзанди ҳам бўлган.

Xitoyda Myanmadagi onlayn firibgarlik markazlari tarmog‘ini boshqargan Min oilasining 11 a’zosiga nisbatan o‘lim hukmi ijro etildi

Бу ҳақда Xinhua ахборот агентлиги хабар берди.

Isroil mudofaa armiyasi G‘azoda urush boshlanganidan beri taxminan 71 ming falastinlik halok bo‘lganini ilk bor tan oldi

Бу ҳақда Haaretz нашри хабар берди.

Jizzaxda "Tayson" laqabli shaxs boshqargan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Маълумотларга кўра, гуруҳ аъзолари фуқароларни ўлдириб кетиш билан қўрқитиб, маҳаллада қўрқув ва беқарорлик муҳитини юзага келтирган.

Samarqandda tanishini yollanma qotil orqali o‘ldirishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Тезкор-қидирув тадбирлари жараёнида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан сохта киллер ишга жалб қилинган. Фуқаро унга 2,2 минг АҚШ доллари тўлашни ваъда қилган.

Andijonda erkak o‘z xotinini maktabda pichoqlab o‘ldirdi

Ушбу пайт, эркакнинг акаси уни кўриб қолиб, шифохонага олиб боради ва кўрсатилган тиббий ёрдам натижасида унинг ҳаёти сақлаб қолинади.

CSIS: Urushda 325 ming rus, 140 ming ukrain harbiylari halok bo‘lgan

АҚШдаги нуфузли таҳлил маркази – CSIS (Center for Strategic and International Studies) Россия ва Украина ўртасидаги урушда ҳар икки томон кўрган йўқотишлар бўйича ҳисобот эълон қилди.

Trampning Eron bo‘yicha bayonoti ortidan neft narxlari oshdi

АҚШ президенти Дональд Трампнинг Эрон ҳақидаги баёнотидан сўнг нефть нархлари ўсиш кўрсатди. Brent маркали нефть нархи 1 фоизга кўтарилди.

Hindistonda samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar orasida vazir o‘rinbosari ham bor

Мумбайдан учган Learjet 45 бизнес-жети Барамати аэропорти яқинида қўнишга уринаётганда ҳалокатга учради.

Andijonda narkolaboratoriya fosh etildi

Экспертиза хулосасига кўра, ушбу моддалар “Альфа ПВП” синтетик гиёҳвандлик воситаси ҳамда “Тропикамид” кучли таъсир қилувчи моддаси ҳисобланади.

O‘zbekistonda issiqxona tashkil etish uchun eng ma’qul hudud qaysi?

Иссиқхона фаолияти билан шуғулланадиган тадбиркорлар учун маҳсулотларни етарли ҳарорат билан таъминлаш муҳим ҳисобланади. Айниқса, қишнинг совуқ кунларида иссиқхонани иситиш кўп ҳаракат ва харажат талаб қилади. Бу борада тадбиркорлар учун энг самарали ечим — қулай ҳудуд танлашдир. Хусусан, Сурхондарё вилояти табиий иссиқ иқлими, қулай муҳит ва шарт-шароитлари билан айнан иссиқхонада маҳсулот етиштирувчилар учун жуда қулайдир.

1 200 nafardan ortiq fuqaroga soxta "prava" berilgan

Таҳлиллар шуни кўрсатдики, сохта гувоҳномаларни олган фуқароларнинг 455 нафари 1 305 марта йўл ҳаракати қоидаларини бузган, 9 нафари йўл транспорт ҳодисаси содир этгани оқибатда, 6 нафар фуқаро тан жароҳати олган ва 3 нафари вафот этган.

Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz va qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotgan shaxslar ushlandi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 176-моддаси ва 186-1-моддаси билан жиноят иши қўзғатилди

Turkiyada ayollar o‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilishi ortidan namoyishlarga chiqdi — OAV

Истанбулда ўзбекистонлик Дурдона Ҳакимованинг ўлдирилиши бўйича тергов давом этмоқда. Аёлнинг жасади Шишли туманидаги чиқинди қутисидан топилган. Бу жиноят кенг жамоатчилик эътирозига сабаб бўлди.

Indoneziyada ko‘chki qurbonlari soni 48 nafarga yetdi

Бу ҳақда мамлакат Фавқулодда вазиятлар агентлигига таяниб Antara агентлиги хабар берди.

Evropa Ittifoqi rossiyalik diplomatlarning harakatlanishini cheklovchi yangi qoidalarni joriy etdi

Европа Иттифоқи Россия дипломатлари учун ҳаракатланиш эркинлигини сезиларли даражада чекловчи янги қоидаларни қабул қилди.

Erondagi namoyishlarni bosish kundan-kunga o‘ta qotilona bo‘lib bormoqda

Эрондаги намойишлар ҳали ҳам куч билан босилиб, инсон ҳуқуқлари ташкилотлари маълумотларига кўра, ҳалок бўлганлар сони 10 000 нафар ва ундан ортиқ деб баҳоланмоқда.

Namanganda o‘rmon xo‘jaligi mas’ul shaxslari va kadastr mutaxassisi ushlandi!

Мазкур ҳолатлар юзасидан Жиноят кодексининг 168-моддаси (фирибгарлик) ва 211-моддаси (пора бериш) билан жиноят ишлари қўзғатилиб, прокуратурага юборилган.

Fransiya Ukrainaga berilgan Yevropaĭ Ittifoqi kreditiga britan raketalarini sotib olishga qarshi chiqmoqda

Бу ҳақда The Telegraph нашри хабар берди.

Xitoy yetakchisining o‘rinbosari mudofaa vaziri lavozimini “sotishda” gumon qilinmoqda

Нашрнинг ўз манбаларига таяниб хабар беришича, Чжан Юся мамлакатдаги ядро қуроли яратиш дастури ҳақида АҚШга ахборот узатганликда айбланмоқда.