O‘zbekistonning uchta viloyatida geroin va boshqa kuchli ta’sir etuvchi moddalar kontrabandasi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

O‘zbekistonning uchta viloyatida geroin va boshqa kuchli ta’sir etuvchi moddalar kontrabandasi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidan narkotik moddalarni olib o‘tishga bir necha urinishlarning oldi olindi.
O‘zbekistonning uchta viloyatida geroin va boshqa kuchli ta’sir etuvchi moddalar kontrabandasi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz» muxbiri.

Samarqand viloyati Urgut tumani Chep qishlog‘i hududidagi o‘zbek-tojik chegarasida 980 gramm geroin bo‘lgan o‘ram topildi. Malum qilinishicha, giyohvand moddalar nomalum shaxslar tomonidan Tojikistondan olib kelingan. Hozirda paket egalarining shaxsi aniqlanmoqda.

Andijon viloyatida Qorasuv shahrida yashovchi fuqaro o‘zbek-qirg‘iz chegarasini noqonuniy kesib o‘tayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Ilgari sudlangan fuqaro Qirg‘izistondan tarkibida «pregabalin» moddasi bo‘lgan 30 ming o‘ram «Nervigesik» preparatini olib kirmoqchi bo‘lgan.

Namangan viloyatida Qirg‘izistondan 3 ming donadan ortiq kuchli ta’sir etuvchi «Tropikamid» moddasini noqonuniy olib o‘tgan ikki nafar mahalliy fuqaro qo‘lga olindi.

Har uchala holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qoidabuzarlar qamoqqa olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!