O‘zbekistonning san’atsevar xalqini yaxshi ko‘raman – Gosha Kusenko

O‘zbekistonning san’atsevar xalqini yaxshi ko‘raman – Gosha Kusenko

XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Kinochilar uyi”da Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli kino va teatr aktyori Gosha Kusenko bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

“Men Toshkentga s’yomkalar bilan tez-tez kelib turaman. Bundan 3 oy avval “Sevgi maktublari” spektaklini olib keldik. O‘zbekiston menga juda yoqadi. Ayniqsa, san’atsevar xalqini yaxshi ko‘raman”, - dedi aktyor.

Suhbat chog‘ida rossiyalik aktyor o‘zbek tilini o‘rganishni boshlashga va’da berdi.

Ma’lumot uchun, Kusenko “Manipulyator”, “Omadli jentelmenlar”, “Soxta muhabbat”, “Shifokor”, “To‘rtinchi istak”, “Curiya sonatasi” kabi filmlarda o‘ziga xos rollarni ijro etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!