O‘zbekistonning qaysi hudud aholisi taksi xizmatidan eng ko‘p foydalanishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonning qaysi hudud aholisi taksi xizmatidan eng ko‘p foydalanishi ma’lum bo‘ldi

Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida avtomobil transporti tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlarning umumiy hajmida taksi xizmatining hissasi 49,7 foizni yoki 9,5 trillion so‘mni tashkil etdi.

Davlat Statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida qayd etilishicha, xizmatning ushbu turidan Toshkent viloyatida eng ko‘p foydalanilayotgani kuzatilgan. Bu viloyatda avtomobil transporti xizmatlarining umumiy hajmida taksi xizmati 19,8 foizni tashkil etadi. Shuningdek, bu ko‘rsatkich Samarqand viloyati (17,1%) va Toshkent shahrida ham yuqori (12,2%) bo‘lgan. Sirdaryo viloyatida esa bor-yo‘g‘i 1,7 foizni tashkil qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!