O‘zbekistonning ayrim hududlarida 12 iyun kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 12 iyun kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

“O‘zgidromet” 12 iyun, chorshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 22-27 daraja, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 30-32 darajagacha, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!