O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi sohada tadbirkorlik qilayotgani aytildi

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi sohada tadbirkorlik qilayotgani aytildi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yil 1 may holatiga 404 755 ta tadbirkorlik sub’ektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shundan, 154 239 tasi savdo, 64 244 tasi sanoat, 33 481 tasi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi hamda 32 677 tasi qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatadi.

Shuningdek, keyingi o‘rinlarda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar (27 880 ta), tashish va saqlash (16 994 ta), axborot va aloqa (9 994 ta), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish (9 482 ta) hamda boshqa (55 764 ta) sohalari qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!