O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026-yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotining ehtimoliy nomzodlar ro‘yxatiga kirdi. Ro‘yxatda Ismoilovdan tashqari, Haruki Murakami, Margaret Etvud, Salmon Rushdi, Devid Grossman, Joan Rouling, Stiven King kabi jahonga mashhur mualliflar ham bor.
Nobel mukofotining o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, adabiyot bo‘yicha nomzodlar va ularni ko‘rsatgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar 50 yil davomida maxfiy saqlanadi. Nobel mukofotining rasmiy bazasida ham yangi nomzodlar haqidagi ma’lumotlar shu muddat o‘tgachgina ochiqlanishi qayd etilgan. Shu bois hozirgi paytda Hamid Ismoilovning 2026-yilgi mukofot uchun rasman ko‘rsatilganini tasdiqlashning imkoni yo‘q.
Hamid Ismoilov o‘zbek va rus tillarida ijod qiladi, asarlari ingliz, turk, nemis, fransuz tillariga tarjima qilingan. U 2019-yilda «The Devil's Dance» («Jinlar bazmi») romani uchun EBRD adabiyot mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning «We Computers» asari esa 2026 yilgi EBRD adabiyot mukofoti qisqa ro‘yxatiga kiritilgan.
Taniqli o‘zbek shoiri, yozuvchisi va jurnalisti Hamid Ismoilov 1954 yil 5 mayda Qirg‘izistonning Frunze (hozirgi Chuy) viloyati To‘qmoq shahrida tug‘ilgan. Ismoilov harbiy aloqa bilim yurtini, keyinchalik Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) bir nechta fakultetlarini (biologiya, huquq, menejment) tamomlagan.
1992 yilda Ismoilov O‘zbekistondan chiqib ketgan, shundan beri u Londonda yashab keladi. 2006 yilda uning «Temir yo‘l» romani taniqli yozuvchi Robert Chandler tomonidan ingliz tiliga tarjima qilinib, Londonda nashr etildi. Hamid Ismoilov she’rlari Ingeborga Baldauf va Zigrid Kleynmixel tomonidan nemis tiliga tarjima qilingan.
2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti 8 oktyabr kuni Stokholmda e’lon qilinadi. G‘olibga 12,0 million shved kronasi (taxminan, 1,2 million dollar) topshiriladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Бухоро вилояти ИИБ матбуот хизмати раҳбари Улуғбек Шукурлаев ҳам блогернинг ўзи шаҳарга бормагани, у ерга фақат тасвирга олиш гуруҳи келганини маълум қилди
Ўзбекистонда уч нафар қизи бор оилада яна тўрт нафар ўғил фарзанд дунёга келиши кутилмоқда. Оилада ўғил фарзанд кўришни орзу қилган ота-она учун бу кутилмаган янгилик бўлди.
«Ан-Наср» ва Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду ОФК Чемпионлар лигаси Ғарбий минтақаси 2-туридан ўрин олган «Нефтчи»га қарши учрашувдаги ғалабадан сўнг ўз саҳифасида пост қолдирди.
АҚШ президентининг Украина бўйича собиқ махсус вакили, шунингдек, Россия ва Украина ўртасидаги урушда ташаббус Москва томонига ўтаётгани ҳақидаги фикрга ҳам қўшилмади.
2026 йил охирига келиб Brent, Dubai Fateh ва WTI, каби нефтнинг энг машҳур навларнинг нархлари 1 баррель учун ўртача 95,74 долларга етади, дейилади Халқаро валюта жамғармаси хабарида.
Украина президенти Владимир Зеленскийнинг айтишича, 12 октябр куни Киевга Россия томонидан баллистик ракеталар билан ҳужум қилинганидан олдин халқаро ҳамкорлардан огоҳлантириш келмаган.
Украина Президенти Владимир Зеленский Россиянинг Яндекс компанияси маълумотлар марказларига берилган зарбалар ижтимоий тармоқлардаги кайфиятга таъсири ҳақида фикр билдирган.