O‘zbekistonlik sport kurashchilar 2 ta "Parij-2024" yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sport kurashchilar 2 ta "Parij-2024" yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Bugun, 24 sentyabr kuni Serbiya poytaxti Belgrad shahrida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasida davom etayotgan jahon chempionatida yunon-rum kurashi ustalari bir qator vaznlardagi final bellashuvlarida gilamga chiqadi.

Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jalgasbay Berdimuratov o‘tish bosqichida Toni Mesomaki (Finlyandiya)/Jan Belenyuk (Ukraina) qarama-qarshiligida kechadigan bahs g‘olibi bilan kuch sinashadi. Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi Berdimuratov mazkur bellashuvda g‘olib chiqsa, bronza medali uchun kurashni davom ettiradi.

Kecha o‘tkazilgan bahslarda yunon rum kurashchilarimizdan Islomjon Bahromov 60 kilogramm vazn toifasida bronza medali va "Parij-2024" yozgi Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. U o‘tish bosqichida dastlab, gruziyalik Pridon Abuladzeni, bronza medali uchun kechgan bahsda esa eronlik Mehdi Mohsennajedni mag‘lub etdi.

Aytish lozim, Islomjon Bahromov ushbu chempionatda Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqqan uchinchi kurashchi bo‘ldi. Bungacha Javrail Shapiyev va Aram Vardanyan "Parij-2024" yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!