O‘zbekistonlik shifokor va hamshiralar endi Quvaytda ishlashadi

O‘zbekistonlik shifokor va hamshiralar endi Quvaytda ishlashadi

O‘zbekistondan malakali shifokor va hamshiralarni Kuvaytga ishga jalb etish bo‘yicha onlayn muzokaralar o‘tkazildi.

Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Tashqi mehnat migrasiya agentligi rahbariyati va Kuvaytning Neocare hospital va Kuwait organization for trainings kompaniyalari ta’sischisi, Adan Hospital shifoxonasi jarrohlar bo‘limi boshlig‘i Muhammad al-Kandari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, uchrashuvda Kuvayt tibbiyot muassasalaridagi bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbekistondan mutaxassislarni jalb etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muhammad al-Kandari mamlakat shifokor va hamshiralarining salohiyatini yuqori baholadi. Uning aytishicha, ingliz tilini yaxshi bilgan o‘zbekistonlik shifokorlar va hamshiralar uchun Kuvayt shifoxonalarida ishlash imkoniyati mavjud.

Onlayn muzokaralar yakunida tomonlar O‘zbekiston shifokor va hamshiralarini Kuvaytdagi shifoxonalarda ishlash uchun yuborish to‘g‘risida bitim loyihasini ishlab chiqish va imzolashga kelishib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!