O‘zbekistonlik mutaxassislar Mozori Sharif aeroportini tiklash ishlarini yakunlamoqda

O‘zbekistonlik mutaxassislar Mozori Sharif aeroportini tiklash ishlarini yakunlamoqda

O‘zbekistonlik mutaxassislar Mozori Sharif aeroportini tiklash ishlarini yakunlamoqda

Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markazi direktori Doniyor Qurbonov "Valday" xalqaro munozara klubining Markaziy Osiyo bo‘yicha II konferensiyasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent Afg‘onistonning Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi tarixiy ko‘prik rolini tiklash uchun katta ishlarni amalga oshirmoqda. Qurbonov Afg‘onistonga import qilinadigan mahsulotlarning 30 foizdan ortig‘i O‘zbekiston Termizi orqali o‘tayotganini, Kobul esa O‘zbekiston elektr energiyasidan quvvat olishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!