O‘zbekistonlik Liliana “Koinot go‘zali” tanlovida 3-o‘rinni egalladi (FOTO)

O‘zbekistonlik Liliana “Koinot go‘zali” tanlovida 3-o‘rinni egalladi (FOTO)

“Koinot go‘zalligi" tanlovi tashkilotchilari beshinchi xalqaro go‘zallik tanlovining natijalarini e’lon qildilar.

Koronavirus pandemiyasi tufayli tanlov qisqartirilgan onlayn formatda bo‘lib o‘tdi. Tanlovning birinchi o‘rinni moskvalik Yuliana Goldman, ikkinchi o‘rinni tyumenlik Yelena Stanislavskaya qo‘lga kiritdi.

Uchinchi o‘rin va “2021 Koinot uchinchi go‘zali” maqomi o‘zbekistonlik Liliana Shayxutdinovaga berildi.

O‘zbekistonlik Liliana “Koinot go‘zali” tanlovida 3-o‘rinni egalladi (FOTO)

Liliana 30 yoshda, u Toshkentdagi turagentlikda ishlaydi, ma’lumoti bo‘yicha filolog.

Musobaqaning saralash bosqichida 10 ta mamlakatdan vakillar ishtirok etishdi. Rossiya, O‘zbekiston, Gambiya va Bangladeshdan kelgan go‘zallar final bosqichiga chiqishgandi.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, bu so‘nggi go‘zallik tanlovi edi, u boshqa o‘tkazilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!