O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 10 590 so‘mga qadar ko‘tarildi

O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 10 590 so‘mga qadar ko‘tarildi

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 16 fevral kunidan boshlab dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursi ko‘tarildi, deya xabar bermoqda Spot.

Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 500 so‘mga sotib olishni, 10 590 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Bunga qadar, masalan, bir dollar 10 550 so‘mdan sotilayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 15 fevraldan ichki valyuta bozoridagi oldi-sotdi operasiyalar tartibiga oid o‘zgarishlar kuchga kirdi. Endilikda rasmiy valyuta kursi har kuni soat 16:00 da e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!