O‘zbekistondagi 98 foiz mahalla «Tashabbusli byudjet»da qatnashdi

O‘zbekistondagi 98 foiz mahalla «Tashabbusli byudjet»da qatnashdi

Moliya vaziri Temur Ishmetovning ma’lum qilishicha, «Tashabbusli byudjet»ning ikkinchi mavsumida 9201 ta mahalla (jamiga nisbatan 98%) fuqarolaridan 61 mingdan ortiq loyihalar taklif qilingan. Jarayonda 7 milliondan ortiq ovozlar berilgan. Shundan, 4,3 million ovoz to‘plagan 1418 loyiha g‘olib bo‘lgan.

Timur Ishmetovning qo‘shimcha qilishicha, uch mavsum davomida bildirilgan 100 mingdan ortiq takliflar aholining eng dolzarb muammolarini o‘rganishga yordam beradigan «ochiq ma’lumotlar bazasi»ni shakllantirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!