O‘zbekistonda yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzishga taqiq qo‘yilishi mumkin. Bu bo‘yicha qonun loyihasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Unga ko‘ra, hozirgi kunda jamiyat rivojlanishining zamonaviy xususiyatlari oilalarni mustahkamlash, farzandlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar, shu jumladan, yon shajara bo‘yicha yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzishning oldini olishga qaratilgan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Shuningdek, ushbu qonun oilaviy majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash, oilaviy munosabatlar ishtirokchilarining o‘z huquqlarini himoya qilish, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash, yon shajara bo‘yicha yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzishning oldini olish, nikoh shartnomasi va farzandlikka olish institutlarini takomillashtirish, boladan alohida yashayotgan ota(ona)larning ota-onalik huquqini samarali amalga oshirishga xizmat qilishi alohida qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning iyul-dekabr oylari holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh bo‘yicha 1210 ta holat qayd etilgan. Ularning aksariyati Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!