O‘zbekistonda “moliyaviy piramidalar” ko‘rinishidagi turli firibgarlik sxemalaridan, shu jumladan, kripto aktivlardan foydalanish holatlari tez-tez uchramoqda. Bu haqda Loyiha boshqaruvi milliy agentligi xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, odatda kelib chiqishi chet ellarda bo‘lgan jinoiy guruhlar har xil elektron platformalar, saytlar va axborot tizimlarini tashkil qilish orqali noqonuniy boylik orttirish maqsadida aholining bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish uchun O‘zbekiston bozoriga kirmoqda.
Bunday loyihalarning jozibadorligini oshirish va ko‘p sonli ishtirokchilarni jalb qilish uchun tarmoq marketingi deb nomlanuvchi usul va "Ponsi sxemasi" elementlaridan foydalaniladi.
“Ponsi sxemasi” moliyaviy piramidani tashkil etishning jinoiy sxemasi bo‘lib, u avvalgi investorlarning daromadlarini yangi investorlardan olingan mablag‘lar hisobidan to‘lashni nazarda tutadi. Avvaliga bu juda foyda keltiruvchi sxema bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo u odatda yangi investorlarning mablag‘lari oqimi eskilariga to‘lovlarni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmay qolgandan so‘ng buziladi”, - deyiladi xabarda.
Agentlik xabardorlik va hushyorlikni oshirish maqsadida bunday shubhali loyihalarning asosiy belgilarini ma’lum qildi:
kompaniyaning kelib chiqish joyi noma’lum;
har qanday moliyaviy javobgarlikni rad etish va ishtirokchidan bitim yoki shartnomada barcha xatarlarni qabul qilishga rozi ekanligini talab qilish;
shubhali yoki oddiy foydalanuvchi uchun tushunarsiz xizmatlar/mahsulotlar;
muayyan platformada kelgusida ishlash uchun mablag‘larni majburiy investisiyalash bo‘yicha talablarning mavjudligi;
yangi ishtirokchilarni jalb qilish orqali daromad olishning ko‘p bosqichli dasturining mavjudligi;
ushbu loyihaga mablag‘ kiritgan boshqa ishtirokchilarning yuqori daromadlarini namoyish etish orqali jozibadorlikni oshirish;
potensial ishtirokchilarning zarur bilimlari yo‘qligini hisobga olgan holda “kriptovalyutalarning yuqori istiqbollari” bilan manipulyasiya qilish;
kompaniyaning go‘yoki keng ko‘lamli faoliyatini ko‘rsatish va loyihaga keng auditoriyani jalb qilish maqsadida yirik tadbirlarni tashkil qilish;
ishtirokchilarga ma’lum malaka yoki boshqa talablar qo‘yilmasligi.
Agentlik shubhali moliyaviy sxemalar asosida ish yuritayotgan ayrim kompaniyalarning faoliyati to‘g‘risida biron bir ma’lumot ega bo‘lganlardan qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishingizni so‘ragan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Financial Times нашрининг хабар беришича, Франция президенти Эммануэль Макроннинг миллий хавфсизлик бўйича маслаҳатчилари — Эммануэль Бонн ва Бертран Бухвальтер февраль ойида Москвага Украина бўйича тинчлик музокаралари таклифи билан ташриф буюрган.
Исроил Бош вазири Биньямин Нетаньяху Эрон ҳужумидан сўнг ижтимоий тармоқларда тарқалган ўз ўлими ҳақидаги миш-мишларни киноя билан рад этувчи видео эълон қилди.
Ҳозирда унга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.