Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun darslar onlayn tarzda o‘tkazilmoqda. Karantin talablariga ko‘ra bu yil maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Bu esa bitiruvchilarning kayfiyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Chunki maktab bilan xayrlashuv tadbiri bir umr insonning xotirasida saqlanib qoladigan holatlardan biridir.
O‘quvchilarning kayfiyatini ko‘tarish va ularga yoqimli xotiralar taqdim etish maqsadida UZREPORT TV Xalq ta’limi vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” onlayn loyihasini tashkil qilishga qaror qildi.
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” onlayn tadbirida maktab direktorlari, o‘qituvchilar va ota-onalar bitiruvchilarni bayram bilan onlayn tarzda tabriklashadi. Shuningdek, bitiruvchilarning o‘zlari ham jonli efirda o‘z do‘stlari va ustozlariga tilaklar bildirish imkoniga ega bo‘lishadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z postlarida #bitiruvchi_2020_online xeshtegidan foydalangan holda har bir inson ushbu bayramga qo‘shilishi mumkin.
Va albatta tadbir nihoyasida so‘nggi qo‘ng‘iroq jiringlab, “Xayr, maktabim” qo‘shig‘i birgalikda kuylanadi.
“So‘nggi qo‘ng‘iroq — bitiruvchilar va ularning oilalari doimo orziqib kutadigan an’anadir. Mavjud vaziyat tufayli biz o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildik, shu sababli, mazkur tadbirni onlayn ravishda tashkil etmoqdamiz. Umid qilamizki, bu tadbir maktab o‘quvchilari uchun an’anaviy bayramning ajoyib muqobili bo‘lib, katta hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlarga pozitiv kayfiyat baxsh etadi”, — dedi UZREPORT TV bosh muharriri birinchi o‘rinbosari Alisher Azimov.
Tadbirni 25 may kuni soat 08:30 da UZREPORT TV da hamda telekanalning Facebook va YouTube sahifalari orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.