O‘zbekistonda alkogol mahsulotlarining yangi eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlari belgilandi.
Hujjat Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qarori bilan tasdiqlandi.
1 litr mahsulotning yangi minimal narxlari (ulgurji-sotish va chakana narxlari):
vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun chakana narx — 12 000/14 200 so‘m (oldin 11 200 / 13 200 so‘m edi);
konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun chakana narx — 48 200/57 800 so‘m (oldin 41 000 va 49 400 so‘m edi);
aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar 1 litr tayyor mahsulot uchun chakana narx — 30 200/36 200 so‘m (oldin 28 600 / 34 400 so‘m edi).
Ilgariroq O‘zbekistonda 21 yoshga to‘lmaganlarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanishi haqida xabar berilgan. Deputatlar qonun loyihasini ma’qullashdi.
Yangi qonun bilan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishning yosh chegarasini 20 yoshdan 21 yoshgacha ko‘tarish rejalashtirilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Бош прокуратура ахборот хизмати терговга қадар текширув давомида InfinBANK АТБ Қўқон филиали кредит бўлими мутахассиси А.Т. гумонланувчи сифатида қўлга олинганини маълум қилди
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.