O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasi xodimlarining 77 foizi xotin-qizlar ekani ma’lum qilindi

Bu haqda 23 may kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan gender tenglik va munosib mehnat mavzusidagi anjumanda aytilgan.
👩🏻⚕️ Senat xabariga ko‘ra, (https://senat.uz/international-cooperation/post-781)anjumanda mamlakatda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratilgani, ayollarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rni mustahkamlanib borayotgani ta’kidlangan.
👩🏻💻“Bugungi kunda sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida band bo‘lgan aholi o‘rtasida xotin-qizlar ulushi 77 foizni, iqtisodiyot va sanoat sohasida 46 foizni tashkil etmoqda. Ikki ming nafarga yaqin xotin-qizlar davlat va jamoat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda”, — deyiladi xabarda.
👩🏻🎓Ma’lum qilinishicha, hozirda oliy ta’lim muassasalarida bakalavr yo‘nalishida o‘qiyotgan xotin-qizlar ulushi 38 foizdan 49 foizga, magistratura bosqichida o‘qiyotganlari 37 foizdan 50 foizga ortgan.