O‘zbekistonda saylov qonunchiligining takomillashuvi va mazkur sohadagi javobgarlik masalalari

A A A
O‘zbekistonda saylov qonunchiligining takomillashuvi va mazkur sohadagi javobgarlik masalalari

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng siyosiy sohaning erkinlashtirilishi va modernizasiya qilinishi natijasida demokratik talablarga javob beradigan zamonaviy saylov tizimi yaratildi. Xalqaro huquqiy normalar va prinsiplariga asoslangan, har bir fuqaroning davlat hokimiyati vakillik organlariga erkin saylash va saylanish huquqini ta’minlaydigan huquqiy tizim shakllantirildi, uning huquqiy mexanizmlari takomillashtirildi.

O‘tgan davrda erkin va adolatli saylovlarning qonunchilik asoslarini shakllantirish hamda yanada rivojlantirish borasida katta amaliy tajriba to‘plandi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunlar kabi saylov jarayonlarini huquqiy tartibga soluvchi o‘nga yaqin hujjatlar qabul qilindi. Mazkur qonunlarda saylov tizimi, uning mohiyati, saylash hamda saylanish huquqi, saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish, saylovlardagi ochiqlik hamda oshkoralik, saylov komissiyalarining huquq va vakolatlari, ovoz berish tartibi hamda uning natijalarini aniqlash, fuqarolarning saylovlardagi ishtiroki, saylov huquqining kafolatlari, saylovlarni moliyalashtirish kabi masalalarni huquqiy tartibga soluvchi qoidalar belgilandi.

Biroq, so‘nggi yillarda mamlakatimizning barcha sohalarida shiddat bilan bo‘layotgan islohotlar jamiyatning siyosiy hayotini ham chetlab o‘tmadi. Natijada saylov sohasida qabul qilingan qonunlar va bir qator qonunosti hujjatlarning ko‘pligi va yaxlit bir hujjat shakliga keltirilmaganligi, fuqarolar tomonidan ularni qo‘llashda muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirayotgandi.

Buni birinchilardan bo‘lib anglagan davlatimiz rahbari SH.Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan ilk Murojaatnomasida siyosiy hayotimizda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan saylov qonunchiligi haqida alohida to‘xtalib o‘tib, xalqaro norma va standartlarga javob beradigan yagona Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish masalasini kun tartibiga qo‘ydi.

Natijada Saylov kodeksi loyihasini tayyorlash vazifasi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning 2018 yil - “Faol tadbirkorlik, innovasion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga kiritildi. Dastur ijrosi yuzasidan ishchi guruh tuzilib, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining ilk loyihasi ishlab chiqilib, keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilinib, xalqaro tashkilotlarga mustaqil xalqaro ekspertiza uchun taqdim etildi hamda bu borada ulardan ham tegishli xulosa hamda fikrlar olindi. Uzoq davom etgan qizg‘in muhokamalardan so‘ng «O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 18 fevralda qabul qilinib, Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda ma’qullandi hamda joriy yilning 25 iyunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlandi.

Saylov kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan 30 ga yaqin qonun hamda qonunlarga keyin­chalik kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, shuningdek, qonunosti hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari, mahalliy kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishning yagona huquqiy asosi yaratildi.

Ayniqsa, mazkur Kodeks bilan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarga ham saylovda ishtirok etish huquqining berilishi, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirilishi, hududiy saylov okruglar sonining ko‘paytirilishi kabi muhim yangiliklarning joriy etilishi umumiy saylov huquqi prinsipining yanada kengroq ta’minlanganidan, xalqaro standartlar talablari implementasiya qilinganidan dalolat beradi.

Ma’lumki, fuqarolarning saylov huquqi eng muhim konstitusiyaviy-siyosiy huquqlardan biri bo‘lib, uni bevosita va bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu boradagi munosabatlar ham amaldagi Saylov kodeksi bilan tartibga solinib, endilikda saylov komissiyalari saylov kampaniyasini o‘tkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning mazkur kodeks talablari buzilganligi yoki saylovni tashkil etishning boshqa masalalari xususida o‘ziga kelib tushgan murojaatlari bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazishi va uch kunlik muddatda ularga yozma javoblar berishi, saylovga kamida olti kun qolganida yoki ovoz berish kuni kelib tushgan murojaatlarni esa darhol ko‘rib chiqib, javob qaytarishi shartligi, deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalar organlari, deputatlikka nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida yuqori turuvchi saylov komissiyasiga yoki sudga shikoyat qilishi, Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan qaror qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkinligi hamda saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi kabi qoidalar belgilandi.

E’tiborlisi, murojaat qilish tartibi hamda muddatining bir xilligi, ularni tegishli organlar tomonidan o‘z vaqtida, ochiq va transparentlik tamoyillari asosida ko‘rib chiqish, saylov komissiyalari qarorlarini sud hokimiyati tomonidan qayta ko‘rib chiqish imkoniyati ko‘zda tutilganligi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘ra, saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar tuman (shahar) ma’muriy sudlari tomonidan ko‘rib chiqilishi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish haqidagi ishlar esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ko‘rib chiqilishi, bu toifadagi shikoyatlar sud tomonidan shikoyat berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi, agar saylovga olti kundan kam vaqt qolgan bo‘lsa, darhol ko‘rib chiqilishi, sudning hal qiluv qarori chiqarilishi bilanoq tegishli saylov komissiyasiga va arizachiga topshirilib, darhol ijro etilishi lozimligi kabi qoidalar belgilandi.

Amaldagi qonunlarimizda saylov qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy ta’sir choralari ham belgilangan bo‘lib, bundan saylov jarayoni ishtirokchilarining saylov qonunchiligiga to‘liq rioya etishlari va saylov huquqlari samarali amalga oshirilishini ta’minlash muddaosi ko‘zlangan.

Xususan, 2014 yil 4 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi "Saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik" deb nomlangan VI-bob (511-519-moddalar) bilan to‘ldirildi. Unda saylov jarayonida sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilishlar uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi normalar o‘z ifodasini topdi. Endilikda saylov komissiyalari faoliyatiga aralashish, ularning qarorlarini bajarmaslik, nomzod, ishonchli vakil, kuzatuvchi yoki siyosiy partiya vakolatli vakili huquqlarini buzish, saylovoldi tashviqotini, referendumga qo‘yilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish shartlari va tartibini buzish, nomzodlar, siyosiy partiyalar to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish, saylovni yoki referendumni moliyalashtirish tartibini buzish, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonida axborot hamda targ‘ibot materiallarini qasddan yo‘q qilish yoki ularga shikast yetkazish, jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalari, saylov natijalarini taxmin qilishni chop etish (e’lon qilish) tartibiga amal qilmaslik kabi harakatlar uchun javobgarlik belgilandi.

Ahamiyatlisi, ushbu toifadagi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar ham bir sutka mobaynida ko‘rib chiqilishi nazarda tutildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, saylash va saylanish fuqarolarning eng muhim siyosiy huquqlaridan biri bo‘lib, ushbu huquqlar jinoyat qonunchiligi bilan ham muhofaza qilinadi. Saylov qonunchiligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik masalasi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 146 va 147-moddalarida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish vaqtida mansabdor shaxslar, siyosiy partiyalar yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari, tashabbuskor guruhlar yoki saylov yoxud referendum komissiyalari a’zolari tomonidan ovoz berishning yashirinligini buzish, saylov yoki referendum hujjatlarini qalbakilashtirish, saylov yoki imzo varaqalariga soxta yozuvlar kiritish, berilgan ovozlarni ataylab noto‘g‘ri hisoblash, fuqarolarning deputat yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash yoki saylanish, saylovoldi targ‘iboti olib borish huquqlarini, deputatlikka yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod shaxsning ishonchli vakillari o‘z vakolatlarini erkin amalga oshirishlariga, shuningdek fuqarolarning referendumda erkin ishtirok etishlariga zo‘rlik ishlatish, qo‘rqitish, aldash yoki og‘dirib olish yo‘li bilan to‘sqinlik qilish kabi qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, rivojlangan demokratik davlatlarda ham saylov qonunchiligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Masalan, Shveysariya, Niderlandiya, Germaniya kabi davlatlarning jinoyat qonunchiligida saylovlarni o‘tkazishga zo‘ravonlik ѐki qo‘rqituv yo‘li bilan to‘sqinlik qilish, saylov natijalarini, saylov hujjatlarini soxtalashtirish, saylov sirini oshkor qilish, saylov huquqini amalga oshirishga zo‘ravonlik bilan qarshilik ko‘rsatish singari qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bu esa o‘z navbatida, mamlakatimizda saylovga oid qonunchilikni buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi normalar xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalariga asoslangan va rivojlangan demokratik davlatlarning qonunchilik amaliyoti va tajribasiga ham mosligidan dalolat beradi.

Nodirjon Raimqulov,

jinoyat ishlari bo‘yicha

Namangan shahar sudi sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

Lamin Yamal «Barselona»ning bayram kechasiga yangi sevgilisi bilan tashrif buyurdi (foto)

«Барселона»нинг 18 ёшли вингери Ламин Ямал омма олдида янги севгилиси билан кўриниш берди.

Kaspiy dengizi xavotirli tezlikda qurib bormoqda

Каспий денгизида сув сатҳининг ўзгариб туриши аввалроқ ҳам кузатилган, бироқ олимлар 1990-йилларда бошланган ҳозирги пасайиш жараёни тўхтамаслигидан огоҳлантирмоқда.

Elektr va gaz narxlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарори билан 2026 йил 1 июндан бошлаб электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Мики Зоҳар “Туркияга душман давлат сифатида муомала қилишни бошлаш лозим” деган мазмундаги фикрни ҳам илгари сурди.

Orol Pekinga tegishli emas va unga bo‘ysunmaydi

Лайнинг ушбу баёноти АҚШ президенти Доналд Трамп ва Си Жинпин ўртасида Пекинда бўлиб ўтган учрашувдан бир неча кун ўтиб янгради.

Mourinyo "Real"dan haydaydigan ilk futbolchi nomi ma’lum

Жозе Моуриньо «Реал» бош мураббийлигига тайинланишга яқин турибди. Португалиялик мутахассис ўз режаларига киритилмаган илк футболчини аниқлаб улгурди.

«Barselona» Erling Xoland transferi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

«Манчестер Сити» ҳужумчиси Эрлинг Холанд «Барселона»нинг қизиқишлар доирасига кирди.

«Manchester Siti» yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga erishdi

«Манчестер Сити» клуби Хосеп Гвардиолага ўринбосар топиб бўлди. Аввалроқ тахмин қилинганидек, испаниялик мутахассиснинг ўрнини Энцо Мареска эгаллаши керак.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

AQShning «Atlanta Yunayted» klubi JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi

Американинг «Атланта Юнайтед» клуби ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон миллий футбол терма жамоасига ЖЧ-2026 давридаги ҳамкорлик ҳақидаги эълондан сўнг мурожаат қилди.

Tolibon Afg‘onistonda qizlarning turmush qurish yoshini pasaytirdi

Афғонистонда Толибон қизларнинг турмуш қуриши учун энг кичик ёш чегарасини тўққиз ёшгача пасайтирди.

Putin va Trampning Xitoyga tashriflari Ukrainaga bo‘lgan bosimni oshirdi

Россия ва АҚШ президентлари Владимир Путин ҳамда Дональд Трампнинг Хитойга уюштирган ташрифлари Украинага нисбатан босимни кучайтирди.

Argentinalik yulduz «Man Siti»ga o‘tish niyatida

«Челси» футболчиси Энцо Фернандес агар «Манчестер Сити»ни Энцо Мареска бошқарса, жамоасини ўзгартиришга ўтишга тайёр. Бу ҳақда ESPN Argentina хабар берди.

“Tolibon” nikoh yoshi haqida: Afg‘onistonda erkaklar 9 yoshli qizlarga uylanishlari mumkin

Тегишли ҳужжат ҳаракат етакчиси Ҳайбатуллоҳ Охунзода томонидан маъқулланган ва режимнинг расмий газетасида чоп этилган, деб ёзади The Times.

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari fosh bo‘ldi

Тегишли баҳолаш ҳисоботига кўра, ушбу тиббий воситаларнинг умумий қиймати 1 млрд 323 млн сўмни ташкил этади.

GoTürkiye yangi mini-seriali “Cappadocia Fairytale” ekranlarda

Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.

Pokiston Eron va Markaziy Osiyoga mango eksporti uchun cheklovlarni yengillashtirdi

Покистон ҳукумати Эрон ва Марказий Осиё давлатларига қуруқлик орқали манго экспорт қилиш бўйича молиявий талабларни вақтинча енгиллаштирди.

Daniyada 2012 yildan buyon eng kuchli zilzila qayd etildi

Сейсмологларнинг сўзларига кўра, ушбу ҳодиса Скандинавия ўлчовлари бўйича анча сезиларли бўлиб, мутахассисларнинг катта эътиборини тортди.

Myunxenda Xitoy josuslari ekani gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olindi – DW

Федерал прокуратура хитойлик 55 ва 52 ёшли Германия фуқароси бўлган эр-хотинни Хитой разведкаси топшириғи билан немис университетлари ходимлари билан алоқа ўрнатганликда айбламоқда.

Mossadning Eron bo‘yicha rejasi barbod bo‘ldi

Америка оммавий ахборот воситалари маълумотларига кўра, Исроил разведка хизмати — Моссад Эронда ҳокимиятга мамлакатнинг собиқ президенти Маҳмуд Аҳмадинажодни қайтаришга умид қилган.

Namanganda 12 yashar bola tok urishi oqibatida vafot etdi​​​​​​​

Марҳум бола Давлатобод туманидаги 56-сонли умумий ўрта таълим мактабининг 5-В синф ўқувчиси бўлган.

Andijonda noqonuniy dori sexi fosh etildi

Тезкор тадбир жараёнида «Simbaby», «Doclungc», «Leron», «Yodigan», «Polivit» каби қарийб 100 турдаги маҳсулотлар ашёвий далил сифатида олинди.

Surxondaryoda 13 yoshli qiz daryoda cho‘kib ketdi

Вояга етмаган қизнинг жасади Тўпаланг дарёсидан топилди

Toshkentda IIB xodimi fohishalarga “rahnamolik” qilib kelgani ma’lum bo‘ldi

Яккасарой туманида профилактика инспектори ўзига бириктирилган ҳудудда ижарада яшовчи аёлдан фоҳишаларга “раҳнамолик” қилиш эвазига ҳар ойда 400 доллар пора беришни талаб қилган.

O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchilardan bo‘lib Rebate va Country Placement dasturlarini e’lon qildi

12-20 май кунлари бўлиб ўтаётган 79-Канн халқаро кинофестивали Marché du Film кинобозорида Ўзбекистон 25 фоизли Rebate ва Country Placement дастурларини эълон қилди.

Istanbul Global Dizayn forumi xalqaro ijodkorlarni bir maydonga jamlaydi

Истанбул бугунги кунда юксак даражадаги маданият ва санъат маркази сифатида эътироф этилмоқда. Шаҳар 41 та конгресс маркази, 225 та санъат галереяси ҳамда 27 та олий таълим муассасасида амалга оширилаётган ранг-баранг дизайн дастурларини ўз ичига олган кенг инфратузилмага эга бўлиб, ҳар йили ўртача 20 дан ортиқ халқаро санъат ва дизайн тадбирлари ўтказилади.

Bokuda “Merosdan barqarorlik sari: turkiy uylar” panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Тадбирнинг очилишида сўзга чиққан Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова бундай нуфузли форумнинг Бокуда ўтказилиши муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади. Унинг қайд этишича, ушбу форум ҳукуматлар, олимлар, меъморлар, халқаро ташкилотлар ҳамда фуқаролик жамияти вакилларини бирлаштирувчи муҳим глобал майдон ҳисобланади.

San-Diyegodagi otishma qurbonlari soni besh kishiga yetdi

Ҳалок бўлганлардан бири қўриқчи бўлиб чиқди.

Tadbirkorning 2 mlrd so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan shaxslar fosh etildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 167-моддаси (ўзлаштириш ёки растрата йўли билан талон-торож қилиш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

Kuba dronlari Floridaga tahdid solmoqda degan ayblov: Gavana AQShni “bosqinchilikka bahona yaratmoqda” deb tanqid qildi

Халқаро ОАВ, жумладан Axios нашрига таяниб тарқалган маълумотларга кўра, АҚШ разведкаси Кубада 300 дан ортиқ ҳарбий дронлар мавжудлиги ва уларнинг эҳтимолий ҳарбий сценарийларда ишлатилиши мумкинлигини кузатмоқда.

Netanyaxu: “birinchi zarbalardan keyin Eron qulashi mumkin”

Бу ҳақда АҚШ Марказий разведка бошқармаси ва Пентагоннинг собиқ раҳбари Роберт Гейтс маълум қилди.