O‘zbekistonda pensiyani to‘xtatib turish uchun onlayn murojaat qilish tartibi joriy etildi

O‘zbekistonda pensiyani to‘xtatib turish uchun onlayn murojaat qilish tartibi joriy etildi

Endilikda fuqarolar pensiyani to‘xtatib turish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilish huquqiga ega. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi ma’lum qildi.

Hukumatning 2022 yil 13 oktyabrdagi qaroriga asosan, pensiya to‘lovlarini vaqtincha to‘xtatib turishga elektron ariza yuborish xizmati joriy etildi.

Bunda fuqaro Davlat xizmatlari markaziga bevosita o‘zi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilish huquqiga ega.

Oldingi tartibga ko‘ra, fuqaro pensiyani to‘xtatib turish uchun faqatgina Pensiya jamg‘armasi bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin edi,—deya xabar berdi Pensiya jamg‘armasi.

Yangi tizimni amaliyotga joriy etish orqali fuqarolar uchun quyidagi qulayliklar yaratildi:

  • davlat xizmatlaridan foydalanishda haftaning istalgan kuni va istalgan vaqtda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etish mumkin;
  • davlat xizmatlari ko‘rsatish 5 soniyada amalga oshiriladi;
  • davlat xizmatlari ko‘rsatilishida Pensiya jamg‘armasi xodimlari ishtirok etmaydi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!