O‘zbekistonda oldindan buyurtma qilingan navbat asosida chegara punktini tezkor kesib o‘tish yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda oldindan buyurtma qilingan navbat asosida chegara punktini tezkor kesib o‘tish yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Davlat bojxona qo‘mitasi «O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali jismoniy shaxslar harakatlanishi hamda ular tomonidan tovar va transport vositalarini olib o‘tish jarayonlarini yanada soddalashtirish to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Qaror loyihasida davlat chegarasi orqali jismoniy shaxslarning harakatlanishi hamda ular tomonidan tovar va transport vositalarini olib o‘tish jarayonlarini avtomatlashtirish asosida yanada soddalashtirish hamda qulayliklar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

Unga ko‘ra, Davlat bojxona qo‘mitasi 2022 yil 1 iyulga qadar masofadan turib onlayn ravishda transport vositalari navbatlarini shakllantirish imkonini beruvchi «Elektron navbat» va jismoniy shaxslar uchun «Fast-track» avtomatlashtirilgan axborot tizimlari amaliyotga joriy etadi.

Shuningdek, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi oldindan buyurtma qilingan navbatlar asosida harakatlanib kelayotgan jismoniy shaxslarni hamda transport vositalarini belgilangan navbatlar asosida o‘tkazish punktlari orqali o‘tkazishni yo‘lga qo‘yadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan kelishgan holda «elektron navbat»lar asosida harakatlanayotgan transport vositalari uchun avtomobil yo‘llarida joylashgan o‘tkazish punktlaridan kamida 1 kilometr oldin alohida yo‘laklar yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni jalb etgan holda joriy yilning so‘ngiga qadar avtoturargohlar tashkil etadi.

Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi diplomatik kanallar orqali mazkur qaror bilan amaliyotga joriy etilayotgan qulayliklar to‘g‘risida xorijiy davlatlarga yetkazilishi ta’minlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!