O‘zbekistonda marburg virusiga qarshi qanday choralar ko‘rilmoqda?
Joriy yilning 29 sentyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Afrika qit’asidagi Ruanda davlatida Marburg gemorragik isitmasi qayd etilganligini ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 28 sentyabr holatiga Ruandaning 30 ta okrugining yettitasida, jami 26 ta tasdiqlangan holat ro‘yxatga olingan va shundan 6 ta holatda o‘lim qayd etilgan.
JSST ushbu epidemiya xavfini milliy darajada juda yuqori, mintaqaviy darajada yuqori va butun dunyo darajasida past deb baholamoqda.
Marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralarini kuchaytirish maqsadida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasida ham davlat chegarasini kesib o‘tish joylarida faoliyat yuritayotgan Canitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan.
Marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:
✔️Gemorragik isitma kasalligiga gumon qilingan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlab, izolyatorlarga alohidalash;
✔️gumon qilingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan tibbiyot xodimlari tomonidan standart ehtiyot choralarini ko‘rish, qo‘shimcha ravishda infeksiyani yuqtirishini oldini olishga qaratilgan shaxsiy himoya vositalaridan to‘liq foydalanish;
✔️gumon qilingan bemorlarning qoniga tegmaslik, bemor ajratgan tana suyuqliklari, shuningdek, ular bilan ifloslangan yuzalar bilan muloqatda bo‘lmaslik;
✔️kasallikning etiologiyasi, klinikasi, laborator tashxisoti va kasallikni oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish;
✔️kasallikni nazorat qilishda xavfsiz in’eksiya usullarini qo‘llash, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, qayta ishlatilayotgan tibbiy asboblarni zararsizlantirish
va chiqindilarini xavfsiz yo‘q qilish;
✔️infeksiya bo‘yicha aholini xabardorligini oshirish maqsadida aholi orasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish kabi choralari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Shu o‘rinda fuqarolarimizga jiddiy xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilamiz.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati