O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy multserial yaratiladi

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy multserial yaratiladi

«O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "Futurist MG"  studiyasi tomonidan "Dino va Zavr" nomli animasion serial ustida ish boshlandi. Bu haqda agentlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu multfilmda «korrupsiya» bosh mavzu qilib olingan bo‘lib, voqealar rivoji keksa boboning tilidan hikoya qilinadi. Asosiy qahramonlar esa dinozavrlar oilasiga mansub Dino va Zavr ismli personajlar. Qahramonlardan biri Dino animasion serial davomida poraxo‘r rolida gavdalanadi. "Dino va Zavr" multserialining har bir qismi kichik tomoshabin uchun ibrat bo‘la oladigan yakun bilan tugallanadi.

Multserial 10 qismdan iborat bo‘lib, 3-10 yoshli bolalar auditoriyasiga mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!