O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinadan samarali foydalana oladigan mutaxassislar yetarlimi? Feruza Hamroboyeva bilan suhbat
Koronavirusga qarshi kurashda "to‘g‘ri dezinfeksiya" tushunchasi qanday? Koronavirusga qarshi vaksina yaratilsa, bizda bu vaksinadan samarali foydalana oladigan mutaxassislar yetarlimi? Shu va boshqa savollar yuzasidan Respublika Maxsus komissiyasi a’zosi Feruza Hamroboyeva bilan suhbatlashdik.
— Xorij OAVda to‘g‘ri dezinfeksiya koronavirusni o‘ldiradi, degan ma’lumot tarqaldi. Ammo to‘g‘ri dezinfeksiya qanday bo‘lishi haqida batafsil ma’lumot berilmagan. Shu haqda ikki og‘iz...
— Koronavirusga qarshi dezinfeksiya kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish uchun amalga oshiriladi va uning 3 turi bo‘ladi:
Koronavirus infeksiyasi uchun profilaktik dezinfeksiyasi
Koronavirus infeksiyasi uchun fokal oqim dezinfeksiyasi
COVID-19 bilan yakuniy bosh dezinfeksiyasi.
Dezinfeksiya uchun eritmalar
Koronavirus infeksiyasi uchun profilaktik dezinfeksiya
Hozirgi kunda barcha muassasa va tashkilotlar COVID-19 koronavirusi infeksiyasining kasallik qo‘zg‘atuvchisining kirib kelishiga o‘ta ta’sirchan bo‘lib, tizimli ravishda dezinfeksiyasi tadbirlarini amalga oshirish talab etiladi (qo‘l yuvish bilan birga, qo‘llarni antiseptik vositasi bilan artish, sanitariya chora-tadbirlar — muntazam shamollatish va nam tozalashni amalga oshirish) va muntazam va tizimli ravishda barcha muassasa va tashkilotlarda amalga oshiriladi.
COVID-19 koronavirus infeksiyasi o‘chog‘ida (ochagovaya) dezinfeksiyasi
COVID-19 bilan joriy dezinfeksiya dezeritmalar bilan teginilgan buyumlar va ularning sirtni artish bilan amalga oshiriladi.
COVID-19 yakuniy dezinfeksiyasi
Tibbiy muassasadan bemor ketganidan keyin amalga oshiriladi.
Ultrafioletnurlantirgichlar va dezinfeksiyalovchi aerozol usullari foydalaniladi.
Dezinfeksiyasi bo‘yicha barcha ishlar suv o‘tkazmaydigan himoya kostyumida qo‘lqop, nafas olish himoyasi, ko‘zni himoya qilish (respiratorlar, to‘liq yuzli niqoblar) yordamida amalga oshirilishi kerak.
— Qaynoq choy (yoki suv) koronavirusni o‘ldirishi haqida aytilmoqda. Organizmdagi virusni qaynoq choy (yoki suv) o‘ldira olishi qanchalik samarali?
— Bu muolaja viruslarning yuqori nafas yo‘llaridan oshqozondagi nordon muhitga tushib, nobud bo‘lishi bilan bog‘liq.
— Karantinni yumshatish kerakmi yoki mana shunday qattiq karantin rejimini uzoq ushlab turish maqsadga muvofiqmi? Nima uchun?
— Karantin va cheklov tadbirlarini belgilab, epidemik vaziyatga birmuncha tasir qilish orqali uni barqarorlashtirish bu bizning birinchi maqsadimiz. Agar vaziyat barqarorlashmasa, karantinni yana cho‘zishga majbur bo‘lamiz. Karantin va cheklov tadbirlarining iqtisodiyotga zarari va inqirozning oldini olish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlarining faoliyat ko‘rsatishiga ruxsat berildi. Hammasi o‘zimizga bog‘liq, agar biz kasallik yuqishi mumkin bo‘lgan holatlardan o‘zimizni saqlasak, berilgan tavsiyalarga rioya qilsak, u holda vaziyatni jilovlashimiz mumkin.
— Koronavirus yo‘tali bilan oddiy shamollashning yo‘talini qanday farqlash mumkin?
— Deyarli farqi yo‘q.
— Koronavirusning yangi shtammlari aniqlandimi yoki aniqlanyaptimi?
— Koronavirusning shtammlari haqida ma’lumot yo‘q. U o‘z xususiyatlarini o‘zgartirishi juda yuqori.
— Bundan keyin sog‘lom insonlar nimalarga tayyor bo‘lishi kerak?
— Hamisha o‘z immun tizimini faollashtirib, faqat koronavirusga emas, hamma yuqumli kasalliklardan o‘zlarini muhofaza qilishga shay turishlari kerak.
— COVID-19 faqat o‘pka faoliyatiga ta’sir qiladimi yoki boshqa organlarni ham zaiflashtiradimi (jigar, buyrak, yurak...)?
— Boshka a’zo va tizimlarga ham ta’sir qiladi: markaziy nerv sistemasi, yurak-qon tomir, endokrin, oshqozon-ichak tizimlari va buyrak faoliyatiga ham nojo‘ya ta’siri bor.
— Hozir koronavirus oqibatida pnevmoniya paydo bo‘lyapti, kuchayyapti. Pnevmoniyaga sabab bo‘ladigan yana boshqa kasallik bormi?
— Asosiy xavf omili immun tizimining zaiflashuvi va balg‘amning tabiiy xususiyatlarining o‘zgarishi hisoblanadi.
Pnevmoniya qo‘zg‘atuvchilari patogen bakteriyalar (streptokokklar, stafilokokklar, pnevmokokklar va boshqalar bo‘lishi mumkin.), viruslar, hujayra ichidagi parazitlar, zamburug‘lar, deyarli barcha ma’lum patogen mikroblar chaqiradi.
COVID-19, chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, jarohatlar, jarrohlik (ayniqsa, ko‘krak va qorin), gipodinamiya (keng ma’noda – uy yoki shifoxonada yotoq dam, ofis, ish), og‘ir surunkali kasalliklar, qarilik yoki erta bolalik, gipovitaminoz, charchoq, atrof-muhit yoki kasbiy xavf va organizmning tabiiy immun himoya tizimi zaiflashishi va boshqa har qanday omillar pnevmoniya rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
— Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarildi ham deylik. Tabiiyki, bu vaksina qaysidir ma’noda biz uchun yangilik. Bizda vaksinalardan foydalanish bilimiga ega mutaxassislar yetarlimi?
Hozirgi kunda hamma oliy tibbiyot muassasalariga bu yo‘nalishda shifokorlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ko‘rsatmasi berilgan.
Nizomjon ISLOMOV suhbatlashdi.