Bayden Trampning prezidentligi uchun "muammolarni keltirib chiqarmoqda"
AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Atlantika va Tinch okeanlari qirg‘oqlari yaqinida, shuningdek, Meksika ko‘rfazining sharqiy qismida yangi dengiz neft va gaz konlarini o‘zlashtirishni taqiqlashni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar beryapti.
Ularga ko‘ra, yangi cheklovlar kelasi dushanba kuni e’lon qilinishi mumkin. Ular 625 million akr (2,5 million kvadrat kilometr) maydonga ta’sir qilishi mumkin. Bu Bayden ma’muriyatining qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanish va issiqxona gazlariga qarshi kurashdagi so‘nggi qadami bo‘ladi.
Nashr ta’kidlaganidek, bu chora “uzoq muddatli” bo‘lishi va AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampga Qo‘shma Shtatlarda neft va gaz qazib olishni ko‘paytirishni qiyinlashtirishi mumkin.
Washington Examiner gazetasi fikricha, Bayden ma’muriyatining dengizda yangi neft va gaz qazib olishni taqiqlashi “AQSh va ittifoqchilarining milliy manfaatlariga zarar keltiradi”. Uning fikricha, Oq uyning amaldagi rahbari energiya bozoridagi narxlarni pasaytirish maqsadida Amerika eksportini kengaytirishdan ko‘ra, "o‘ta chap faollar tomonidan ma’qullanish" bilan ko‘proq shug‘ullangan.
Gazetaning so‘zlariga ko‘ra, agar Bayden uni qabul qilsa, tegishli qaror Rossiyaga qo‘l keladi
Nashrning ta’kidlashicha, Tramp “o‘zidan oldingi prezidentning buyrug‘iga cheksiz amal qilishga” majbur bo‘lishi dargumon, biroq ketayotgan ma’muriyat tomonidan bunday taqiq uning AQShning “energetika ustunligi”ga erishish rejalarini amalga oshirishini qiyinlashtiradi.
Bayden AQShda 2020 yilgi prezidentlik saylovlari oldidan saylovoldi tashviqoti chog‘ida jamoat yerlari va dengiz shelfidagi neft va gaz konlarini o‘zlashtirish uchun yangi lisenziyalar berishni butunlay to‘xtatish rejalarini e’lon qilgan.