Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligi monitoring qilinadi
Hukumat qarori (910-son, 30.12.2024 y.) bilan “Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
✅ Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
▪️masofadan monitoring qilish asoslari;
▪️masofadan monitoring qilish tartibi va muddatlari;
▪️masofadan monitoring qilish natijalarini rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish;
▪️masofadan monitoring qilish yakuni bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan ta’sir choralarini qo‘llash.
🏢 Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan masofadan monitoring qilinadi.
📁 Masofadan monitoring qilish rejali va rejadan tashqari asoslarda o‘tkaziladi.
⚠️ Agentlik davlat organlari va tashkilotlarini masofadan monitoring qilish boshlanganligi yoki o‘tkazilayotganligi haqida oldindan ogohlantirmaydi (xabardor qilmaydi).
📜 Masofadan monitoring qilish yakuni (natijasi) bo‘yicha qonunchilik hujjatlarining buzilishi aniqlangan holatlar yuzasidan ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.
✉️ Ma’lumotnomada qayd etilgan qonunchilik hujjatlarining buzilishi Agentlikning huquqiy ta’sir hujjati shaklida monitoring qilingan davlat organi va tashkilotiga yuboriladi.
🗓 Huquqiy ta’sir hujjati davlat organi va tashkilotiga kelib tushgan sanadan e’tiboran 10 kun muddatda ko‘rib chiqilishi va natijasi bo‘yicha Agentlikka yozma axborot berilishi shart.