O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 24 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 24 mingdan oshdi

🔺2020 yil 31 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 24 009 (+236) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 151 nafari Toshkent shahrida, 85 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

❗️E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 467 nafar, Toshkent viloyatida 184 nafar, Andijon viloyatida 41 nafar, Qashqadaryo viloyatida 32 nafar, Xorazm viloyatida 22 nafar, Sirdaryo viloyatida 21 nafar, Namangan viloyatida 13 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 4 nafar, jami 784 nafar bemor tuzalib, rekord natija qayd etildi.

❗️Shunday qilib, yurtimizda 14 464 (+784) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (60 foiz) sog‘aygan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 9 404 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!