O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan BYD elektromobillari qimmat bo‘ladi

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan BYD elektromobillari qimmat bo‘ladi

O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan BYD E2 Comfort elektromobilining eng arzon versiyasi 242 million so‘mdan sotilishi ma’lum bo‘ldi. Bu xuddi shu rusumdagi elektromobilning xususiy sotuvchilar taklif qilayotgan Luxury komplektasiyasi narxdan rosa 42 mln so‘mga qimmat.

Boz ustiga, xususiy avtosalonlar 200 mln so‘mga Xitoydan keltirib beradigan elektromobil narxiga uni olib kelish, QQS, qayta ishlash to‘lovi, sertifikatlash va bojxona to‘lovlarini kiradi. Bundan tashqari, ba’zi “kulrang” dilerlar mashinaga 2 yillik kafolat beradi”, - deb yozadi Avstostrada nashri.

“O‘zavtosanoat” joriy yilning iyul oyida BYD Uzbekistan Factory xitoylik hamkorlari bilan yangi modellarni ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishgani, bu modellar BYD Seagull va E2 bo‘lishi xabar qilingandi.

Avvalroq, BYD Uzbekistan Factory bosh direktori Shafqatbek Alimov O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan BYD’lar chetdan olib kelinadiganlaridan arzon bo‘lishini aytib o‘tgandi.
O‘zbekistonda KIA avtomobillarini ishlab chiqarayotgan ADM Jizzakh kompaniyasi bosh direktori Doniyor Davletyarov mahalliy bozor “haddan tashqari to‘yingani va qizib ketgani”ni iddao qilib, jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan avtomobillar importini tartibga solish va elektromobillar importi uchun bojlarni qayta tiklash taklifi bilan chiqqandi.

26 iyul kuni bo‘lib o‘tgan avtomobilsozlik va elektrotexnika sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqotda Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov elektromobil importiga boj kiritishni “100 foiz” qo‘llab-quvvatlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!