O‘zbekistonda 23 noyabr kuni harorat 20 darajagacha iliq bo‘ladi
"O‘zgidromet" 23 noyabr, shanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Ob-havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida:
Ob-havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo Buxoro, Navoiy viloyatlarida:
Ob-havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq, cho‘l hududlarda 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida:
Ob-havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo Qashqadaryo viloyatida:
Ob-havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo Surxondaryo viloyatida:
Ob-havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida:
Ob-havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo tog‘li hududlarda:
Ob-havo bir oz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.