O‘zbekistonda 2022 yilda o‘limlar soni kamaydi

O‘zbekistonda 2022 yilda o‘limlar soni kamaydi

O‘tgan yili mamlakatda 172,1 mingta o‘lim qayd etildi. Bu 2021 yilga nisbatan 2,4 mingga kam.

Vafot etganlarning 95 ming nafari erkak, 77,1 ming nafari ayollar. Shuningdek, o‘lim holatlarining 92 mingi shaharlarda, 80,1 mingi qishloqlarda qayd etilgan.

Vafot etganlar koyeffisiyenti 1000 nafar aholiga nisbatan 4,8 nafarga teng bo‘ldi.

O‘tgan yili vafot etganlar yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanganda 20 yoshgacha vafot etganlar 20,0 %ni, 20–59 yoshlar orasida 24,6 %ni, 60 va undan katta yoshlilarda esa 55,4 %ni tashkil etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!