O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Unga o‘tkir pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan

O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Unga o‘tkir pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan

O‘zbekiston xalq artisti Shafoatxon Rahmatullayeva og‘ir ahvolda Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Taniqli aktrisaga o‘tkir pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Jurnalist Nargiza Murodova aktrisadan hol-ahvol so‘rash maqsadida u bilan bog‘landi.

«Shukrki, ahvolim ancha yaxshilandi. Shifokorlar yaxshi qarashyapti. Ozgina og‘riq bor, ammo tezda sog‘ayib ketishimga umidim bor», — deydi aktrisa.

Eslatib o‘tamiz, aktrisa 1941 yil Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. Shu kungacha viloyat teatrida ishlash bilan birga «Mehrobdan chayon» «Oq bino oqshomlari», «Sevginator», «O‘zimdan o‘zimgacha» va «Sehrli qalpoqcha» filmlarida esda qolarli obrazlarni gavdalantirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!