O‘zbekiston va Turkmaniston TIV rahbarlari Ashxobodda uchrashdi

O‘zbekiston va Turkmaniston TIV rahbarlari Ashxobodda uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Ashxobod shahrida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

«Ashxobod shahrida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. - Suhbat chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi har sohada jadal rivojlanib borayotgan ikki tomonlama munosabatlarning keng ko‘lamli kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqdik».

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari 8 noyabr kuni Toshkentda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilgan edilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!