O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 35 ta hujjat imzolandi

A A A
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 35 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Qo‘shma bayonot imzoladi.

Unda erishilgan asosiy kelishuvlar mustahkamlab qo‘yilgan hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli hamkorlik va strategik sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha uzoq muddatli vazifalar belgilangan.

Davlat rahbarlari huzurida tashrif doirasida imzolangan O‘zbekiston–Tojikiston investisiya kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida, sanoat va yangi texnologiyalar sohasida, tog‘-kon sanoatida hamkorlik to‘g‘risida, Zarafshon daryosida GES qurish loyihasi bo‘yicha qo‘shma aksiyadorlik jamiyati tashkil etish to‘g‘risida, yuklar tranziti to‘g‘risidagi bitimlar, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar uchun yer maydonlarini o‘zaro taqdim etish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish, fuqarolarning o‘zaro qatnovlari to‘g‘risidagi bitimga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomalar, ikki mamlakat tashqi siyosiy idoralari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi va qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» almashildi.

Umuman, energetika, transport, avtomobilsozlik, elektrotexnika, tog‘–kon va yengil sanoat, fan, ta’lim, sport va boshqa sohalarni qamrab olgan jami 35 ta hujjat imzolandi.

Ta’kidlanishicha, ushbu hujjatlar to‘plami birodar mamlakat va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada, har tomonlama rivojlantirish, ko‘p qirrali sheriklikni chuqurlashtirish yo‘lida yangi natijalarga erishish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ommaviy axborot vositalari uchun brifingda Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralar har doimgidek ochiq, ishonchli va do‘stona ruhda o‘tganini ta’kidladi.

«Biz mushtarak tarix va madaniyat, din, ma’naviy qadriyatlar va an’analar bilan chambarchas bog‘langan xalqlarimizning ko‘p asrlik do‘stligini juda qadrlaymiz.

Shu yerda o‘tirgan ommaviy axborot vositalari vakillari va delegasiyalar a’zolari keyingi bir necha yilda O‘zbekiston–Tojikiston munosabatlari taraqqiyotida ro‘y bergan ulkan o‘zgarishlar guvohidir.

Tojikiston bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash – O‘zbekiston tashqi siyosatining bosh va o‘zgarmas ustuvor yo‘nalishi. Biz ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning barcha masalalarini diqqat bilan ko‘rib chiqdik. Shuni qayd etmoqchiman: hech bir yo‘nalish e’tibordan chetda qolmadi» – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar yangi o‘sish nuqtalarini belgilab oldilar, kelgusi yilda tovar ayirboshlashni ikki barobar oshirishni maqsad qilib belgiladilar. Yetakchilar ikki mamlakat hududlarining imkoniyatlarini maksimal darajada ishga tushirish, ularni tumanlar darajasida «bog‘lash»ga kelishib oldi.

Davlat rahbarlari tashrif arafasida o‘tkazilgan hududlar forumi va ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishining samarali yakunlarini, shuningdek, tashrif doirasida umumiy qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo‘lgan shartnomalar va investisiya kelishuvlari imzolanganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘zbekiston va Tojikiston transport va tranzit sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor. Muzokaralarda yetakchilar temir yo‘l, avtomobil va havo transportida tashishlarni ko‘paytirish uchun bundan buyon ham qulay sharoit yaratish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.

Prezident Emomali Rahmon, o‘z navbatida, agrar tarmoq, yengil, oziq-ovqat va tog‘-kon sanoatida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish tovar ayirboshlashning ko‘payishi va yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga xizmat qilishini qayd etdi. U ta’lim va tibbiyot sohalarida, koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashishda sheriklik kengayib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bundan tashqari, prezidentlar madaniyat, fan, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi almashinuvlarni faollashtirishga kelishib oldi.

«Biz mamlakatlarimizda barpo etilgan hamda bugun mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va sheriklikning yangi ramzlariga aylangan tibbiyot markazi va o‘quv muassasasi faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu masalalarning barchasi ikki mamlakat bosh vazirlari rahbarlik qilayotgan ikki tomonlama hukumatlararo komissiyaning bevosita nazoratida bo‘lishi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston rahbarining 2025 yilni Xalqaro muzliklarni muhofazalash yili deb e’lon qilishi va Muzliklarni asrash xalqaro fondini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbuslarini O‘zbekiston to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

«Bugungi muzokaralar ko‘p asrlik do‘stlik, ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasida niyatimiz jiddiy va qat’iy ekanini yana bir bor namoyish etdi. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi hamkorlikda ikki birodar xalqlarning ravnaqi yo‘lida aniq, sezilarli natijalarga erishishga qaratilgan», – dedi so‘zining yakunida Shavkat Mirziyoyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

Manba: "Real" ertaga g‘alaba qozonmasa, Alonso ketadi. Uning o‘rnini kim egallashi ham ma’lum

Мадриднинг "Реал" клуби бош мураббийи Хаби Алонсо 14 декабрь куни бўлиб ўтадиган "Алавес"га қарши сафар ўйинида ғалаба қозонмаса, истеъфога чиқарилади.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Amerika samolyotlari Suriya osmoniga olovli bombalarni tashladi

Бу ҳақда Сурия телеканали хабар бермоқда.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Tramp Lotin Amerikasiga zarbalar berishni e’lon qildi

АҚШ президенти Доналд Трамп Қўшма Штатлар армияси наркотик савдосига қарши ҳарбий кампанияни кенгайтиришини ва Лотин Америкасида қуруқликдаги нишонларга зарбалар бера бошлашини маълум қилди.

Diario AS: Yurgen Klopp "Real" borasida bir qarorga keldi

"Ливерпуль"нинг собиқ устози Юрген Клопп катта эҳтимол билан "Реал"ни бошқармайди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.

Qozog‘istonda 52 kishi poyezdda is gazidan zaharlandi

«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.

Sem Altman bola tarbiyasini ChatGPT’siz tasavvur qila olmaydi

Альтман болаларни ҳеч қачон сунъий интеллектдан “ақллироқ” бўлмаслигини, лекин улар олдинги авлодга нисбатан анча қобилиятли бўлиб ўсишини таъкидлади.

Samarqandda IIB xodimi o‘smirning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Булунғур тумани ИИБ профилактика инспектори жиноий жазога тортилди. Унга нисбатан қўзғатилган жиноят иши ЖИБ Пайариқ туман судида кўриб чиқилиб, ҳукм ўқилди.

Rutte: NATO mamlakatlari "Yaqinlashib kelayotgan Rossiya tahdidi"ni sezmayapti

Бу ҳақда Reuters агентлиги унинг Мюнхен хавфсизлик конференциясидаги нутқини эълон қилди.

Almatida 52 kishi ugar gazidan zaharlandi

Қозоғистоннинг Алмати шаҳрида темир йўл вокзалидан келган поездда угар газидан заҳарланиш оқибатида 52 киши, шу жумладан болалар жабрланди.

Eronda havo ifloslanishi har yili 50 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lyapti

Эрон Соғлиқни сақлаш вазири Мохаммад Реза Заферганди маълум қилишича, ҳаво ифлосланиши ҳар йили тахминан 50 минг кишининг ўлимига олиб келмоқда.