O‘zbekiston va Pokiston Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Pokiston Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari va Pokiston Bosh vazirining maxsus vakili muzokaralar chog‘ida Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev Pokiston bosh vazirining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Asif Durroniy bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va transport kommunikasiyalari sohalarida O‘zbekiston-Pokiston strategik sherikligini yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Afg‘oniston yo‘nalishida, xususan, afg‘on xalqiga gumanitar va boshqa turdagi yordam ko‘rsatishda hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Ikki davlatning mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligiga oid ayrim masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!