O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi aloqalar keng qamrovli sheriklik darajasiga ko‘tariladi

A A A
O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi aloqalar keng qamrovli sheriklik darajasiga ko‘tariladi

Joriy yilning 20-21 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasining rahbari Abdulfattoh as-Sisining taklifiga binoan ushbu mamlakatga rasmiy tashrifni amalga oshirdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston-Misr hamkorligini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar va o‘zaro munosabatlarni keng qamrovli sheriklik darajasiga olib chiqishga kelishib oldilar.

Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiya, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan Qo‘shma bayonotni qabul qildilar.

Ta’kidlash o‘rinliki, bugungi kunda Misr Arab Respublikasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Misr arab mamlakatlari orasida birinchilardan bizning mustaqilligimizni tan olgan davlat sanaladi. Diplomatik munosabatlarimizning o‘rnatilganiga o‘tgan yili 30 yil to‘lganiga qaramay, azaliy do‘stlik va mustahkam ishonch ustunlariga qurilgan ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi aloqalar uzoq yillik tarixga ega.

Bu o‘rinda aytish joizki, aloqalarimizning yangicha mazmun bilan boyishiga va jadal sur’atlar bilan faollashuvida quyidagi omillarning o‘ziga xos o‘rni bor.

Avvalambor, ikki davlat rahbarlari o‘rtasida nafaqat rasmiy, balki o‘zaro samimiy do‘stlik munosabatlari o‘rnatilgan.

Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining 2018 yilda O‘zbekistonga rasmiy tashrifi va uning yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvi tarixiy ahamiyat kasb etdi.

Bundan tashqari, 2022 yil fevralida ikki davlat rahbarlari Pekinda o‘tkazilgan qishki Olimpiada o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi doirasida xam uchrashib, muzokaralar olib bordilar. Ushbu yuqori darajadagi tadbirlar yakunida erishilgan kelishuvlar siyosiy, xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, madaniy, ilm-fan kabi sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga mustahkam zamin yaratdi.

Shuningdek, ikki tomonlama aloqalarning mavjud institusional mexanizmlari takomillashtirilmoqda va yangilari tashkil qilinmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Misr parlamentlari, vazirlik va idoralari o‘rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada faollashdi.

Jumladan, davlatlar parlamentlarida do‘stlik guruhlari faoliyat ko‘rsatmoqda, tashqi ishlar vazirliklararo muntazam siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmi samarali faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda O‘zbekiston-Misr hamkorligining shartnomaviy-huquqiy bazasini 60 ga yaqin hujjat tashkil etadi. Bu o‘zaro hamkorlik ko‘lamini kengaygaytirishga va ikki tomonlama munosabatlarni yangi darajaga olib chiqishga imkon yaratib beradi.

Shu bilan bir qatorda diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining ilk davridan boshlab Toshkent va Qohira xalqaro maydonda ishonchli hamkor ekanliklarini ko‘rsatdilar va bugungi kunga qadar bir-birini diplomatik qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Tomonlar yetakchi xalqaro tashkilotlar (BMT, SHHT, IHT) doirasida faol va samarali xamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Xususan, Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 2016 yil oktyabr oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan 43-sessiyasida Misr delegasiyasi ishtirok etdi.

O‘tgan yili Misrning Sharm ash-Shayx shahrida Islom taraqqiyot bankining Boshqaruvchilar Kengashining navbatdagi 47-yillik yig‘ilishida O‘zbekiston delegasiyasi qatnashdi.

Samarqandda o‘tkazilgan SHHTning navbatdagi sammiti faoliyatida Misr delegasiyasi ishtirok etdi. Ahamiyatli jihati shundaki, aynan ushbu tashrif doirasida Misr Arab Respublikasiga SHHTning «Muloqot bo‘yicha hamkori» mavqeini berish haqida tarixiy hujjat imzolandi.

Bundan tashqari dolzarb mintaqaviy va global masalalarga nisbatan ikki mamlakatning yondashuvlari bir-biriga yaqin sanaladi. O‘zbekiston Misrning Yaqin Sharq muammosini tinch yo‘l va diplomatik vositalar orqali hal etish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Qohira o‘z navbatida Toshkentning Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish yo‘lidagi borasidagi amaliy va adolatli siyosatini va mintaqada olib borayotgan diplomatik faolligini ijobiy baholaydi va bularni mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashdagi muhim omillar deb biladi.

Qayd etish lozimki, davlatlarimiz xalqaro maydonda atrof- muhitni asrash va ekologik muammolarni birgalikda bartaraf qilishda samarali hamkorlik qilmoqdalar. Jumladan, Misrning Sharm ash-Shayx shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi tomonlarining 27-konferensiyasida (COP27) O‘zbekiston Respublikasi delegasiyasi ishtirok etdi.

O‘z navbatida Misr tomoni davlatimiz tashabbusi bilan BMT doirasida qabul qilingan «Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovasiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish» (2021 yil) rezolyusiyasining hammualliflari qatoriga kirdi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston va Misr Prezidentlari o‘rtasida Qohirada bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar va imzolangan ikki tomonlama shartnomalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi faol rivojlanayotgan aloqalarni mazmun va sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi.

Sarvar Kamolov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi SMTI bosh ilmiy xodimi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Xitoy qurolli kuchlari eng katta yo‘qotishlardan biriga duch keldi

Журналистларнинг таъкидлашича, “тозалаш” кўламининг кенгаяётгани Хитойда нафақат коррупцияга, балки сиёсий садоқатга тобора кўпроқ эътибор қаратилаётганидан далолат беради.

Mayk Xakkabi: "Isroilni yoqtirmasangiz, telefon ishlatmang!"

Унда Қуддусдаги Ҳадассаҳ Medical ёки Тел-Авивдаги Шеба Medical марказларига раҳмат айтинг.

Durdona Hakimovaning jasadi va bolalari O‘zbekistonga qaytarildi

Бу ҳақда Истанбулдаги консулхона хабар берди.

Trampning ikki-to‘rt oy umri qolganmi?

Трампнинг аломатлари 2016-йилги сайловлардаги ғалабасидан олдин пайдо бўлган ва президент жамоаси унинг ҳолатини яширмоқда

Saudiya Arabistoni AQShning Eronga zarba berishidan manfaatdormi?

Бу ҳақда Axios нашри хабар тарқатмоқда.

Fevral oyida kutilayotgan taxminiy ob-havo e’lon qilindi

«Ўзгидромет» маълумотига кўра, феврал ойининг биринчи беш кунлиги нам об-ҳаво билан бошланади, республика бўйича асосан ёмғир кўринишидаги ёғингарчилик кузатилади.

Buxoroda "dom" portlab ketdi

Воқеа жойига ФВВ қутқарувчилари ва бошқа тегишли хизматлар етиб борган. Ҳозирда вазият оқибатлари бартараф этилмоқда.

AQSh Moliya vazirligi rahbari: Eron butun dunyo bo‘ylab banklarga pul o‘tkazmoqda

АҚШ молия вазири Скотт Бессентнинг айтишича, Эрон расмийлари гўёки Америка босими фонида бутун дунё бўйлаб банкларга пул ўтказмоқда.

Qozog‘istonda 14 milliard dollar chiqarildi — katta iqtisodiy va geosiyosiy mojaro xavfi

14 миллиард доллар Қозоғистоннинг 2025 йилги давлат бюджети даромад қисми қарийб учдан бирини ташкил этади. Баёнотдан сўнг интернетда катта муҳокама бошланди, бироқ видео расмий ОАВдан уч соатдан сўнг ўчириб ташланган.

Tokayev Rossiyani Qozog‘iston orqali $14 mlrd pul yuvishda aybladi

Қозоғистон президенти Қасим-Жомарт Токаев Россия томонидан мамлакат банк тизими орқали йирик миқдорда пул ювилганини маълум қилди. Унинг айтишича, «қўшни давлат»дан бир банк орқали 7 трлн тенгедан ортиқ — тахминан $14 млрд маблағ ўтказилган.

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li sud zalida hibsga olindi

Жиноят ишлари бўйича Наманган вилояти Поп туман судида Одилхон қори Юнусхон ўғлига оид жиноят иши бўйича суд жараёни бошланди.

Aholini ro‘yxatga olish savolnomasini xato to‘ldirganlarga ogohlantirish yuborilmoqda

Бу ҳақда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирининг расмий саҳифасида маълум қилинди.

Ronaldu maydonda asr rekordini o‘rnatdi

Португалия терма жамоаси ва “Ан-Наср” клуби ҳужумчиси Криштиану Роналду яқинда профессионал фаолиятида 1300-учрашувини ўтказиб, умумий голлари сонини 956 тага етказиб олди.

Vanganing «bashoratlari»: Uchinchi jahon urushi 2026 yilda boshlanadi

Ер атмосферасига улкан космик кема кириб келиши ва инсоният тарихида янги давр бошланади

Rossiya O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan majburan chiqarib yubordi (video)

Шу сабабли, ушбу давлатларнинг фуқаролари ўтказилган махсус рейд тадбирида қўлга олиниб, Россиядан депортация қилинди.

"Bu yer Ronaldu Arabistoni emas"

Саудиялик машҳур спорт журналисти ва телебошловчи Валид Ал Фараж "Ал Наср" ҳужумчиси Криштиану Роналдунинг охирги вақтлардаги хатти-ҳаракатларига кескин муносабат билдирди.

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq ustozi 82 yoshida murabbiylikka qaytdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва "Пахтакор" клуби собиқ бош мураббийи Валерий Непомнящий кутилмаганда фаолиятини қайта тиклади.

Ukraina FIFA prezidentining so‘zlariga keskin munosabat bildirdi

Украина ташқи ишлар вазири Андрей Сибига FIFA президентининг баёнотига ижтимоий тармоқларда кескин муносабат билдирди.

Samarqandda 4 nafar erkak non olib kelish uchun do‘konga ketayotgan 14 yoshli qizni o‘g‘irlab ketdi

Суд ҳукмига кўра, эркаклардан бири — 5,5 йил озодликдан маҳрум этилган, қолган уч нафарига эса 5 йилдан жазо тайинланган.

Rossiya Ukrainaga 2026 yildagi eng kuchli raketa hujumini amalga oshirdi

70 тагача ракета ва 450 та дрон ёрдамида берилган зарбалар "Энергетик сулҳ" тугаганидан сўнг (1 февраль) амалга оширилди.

"Shayton trusik": Instagramda ichki kiyimlarini behayo reklama qildirgan tadbirkorning ishi sudga oshirildi

Ижтимоий тармоқларда "Кийим-кечак дўкони рекламаси одоб-ахлоқ меъёрларига мос келмайдиган тарзда жойланиб, миллий ва оилавий қадриятларга зид образ ва ибораларда берилгани...” жамоатчилик томонидан кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.

Rossiya Ukraina energetika infratuzilmasiga yirik hujum uyushtirdi

Россия “бир ҳафталик танаффус” деб аталган даврдан сўнг Украина энергетика объектларига кенг кўламли ракета ва дрон зарбаларини йўллади.

Darknetda nimalar tarqaldi?

Ички ишлар органларига тегишли шахсий маълумотларнинг тарқалиши ҳам электрон ҳукумат OAuth сервери бузилгани билан боғлиқ бўлиши мумкин.

Rossiyaning Ufa shahridagi maktabda o‘quvchi straykbol avtomati bilan otishma uyushtirdi

Ўсмир аллақачон қўлга олинган. Вазият назорат остида, тафсилотларни аниқлаштирмоқда

Samarqandda velosipedchi ketma-ket ikki avtomobil urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Маълум қилинишича, дастлаб велосипедчини юк машинаси уриб юборган ва зарба оқибатида у йўлга йиқилган.

Tojikiston chegarasida otishma — Afg‘oniston rasmiylari izoh berdi

Қўмита маълумотига кўра, бу сўнгги бир ой ичида чегарада қайд этилган шунга ўхшаш ҳолатларнинг бешинчиси.

Aviator savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Қайд этилишича, ёнғиндан кейин вайроналар остидан 2023-йил май ойида туғилган қизнинг жасади топилган.

Isroil «Chegara bilmas shifokorlar» tashkilotining G‘azoda ishlashini taqiqladi

The Times of Israel маълумотига кўра, ташкилот ходимлари февраль ойи охиригача Ғазони тарк этиши керак.

Serbiya prezidenti: Eronga 48 soat ichida zarba berilishi mumkin

Сербия президенти Александр Вучич яқин 48 соат ичида Эронга зарба берилиши эҳтимолини истисно қилмади.

Kubada yoqilg‘i tanqisligi kuchaymoqda — The Guardian

Кубада жиддий ёқилғи танқислиги кузатилмоқда ва таъминот тўлиқ тўхтаса, орол инфратузилмаси учун ҳалокатли оқибатларга олиб келиши мумкин, деб ёзади The Guardian.

Pokiston Belujistonda 100 nafardan ortiq jangarini yo‘q qildi

Сўнгги икки кун ичида Покистон хавфсизлик кучлари Белужистон вилоятида ўтказилган контртеррористик амалиётлар давомида тақиқланган «Белужистон озодлик армияси» (BLA) билан боғлиқ 100 нафардан ортиқ жангарини йўқ қилди.

Toshkent shahridagi “Aviator” savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘in bo‘lmoqda

Ҳозирда бинодан барча фуқаролар эвакуация қилинган ва ёнғин ўчириш ишлари олиб борилмоқда.

Ekologiya qo‘mitasi havo ifloslanishi yuzasidan bayonot berdi

Сўнгги кунларда (29–30-январ) мамлакатимизда ноқулай метеорологик шароитлар фонида ҳаво сифати ёмонлашди. Мутахассислар таҳлилига кўра, бунга шамолнинг йўқлиги (штил), паст шамол тезлиги ва ҳарорат инверсияси сабаб бўлмоқда.

Filippinda parom halokati: qurbonlar soni 30 nafardan oshdi

Филиппинда «Trisha Kerstin 3» номли Ro-Ro туридаги паром ҳалокати оқибатида ҳалок бўлганлар сони 31 нафарга етди. Қўшимча икки жасад топилгани маълум қилинди.

O‘zbekiston va Turkiya birinchi xonimlari “Anqara Palas” muzeyiga tashrif buyurdilar

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркия Республикасига расмий ташрифи доирасида мамлакатимиз Биринчи хоними Зироат Мирзиёева Туркия Биринчи хоними Эмине Эрдоған билан биргаликда “Анқара Палас” музейи билан танишди.

Buxoroda IIB xodimi o‘zini daryoga tashlagan ayolni qutqarib qoldi

Қайд этилишича, жабрланувчини 4 нафар фарзанди ҳам бўлган.

Xitoyda Myanmadagi onlayn firibgarlik markazlari tarmog‘ini boshqargan Min oilasining 11 a’zosiga nisbatan o‘lim hukmi ijro etildi

Бу ҳақда Xinhua ахборот агентлиги хабар берди.

Isroil mudofaa armiyasi G‘azoda urush boshlanganidan beri taxminan 71 ming falastinlik halok bo‘lganini ilk bor tan oldi

Бу ҳақда Haaretz нашри хабар берди.

Jizzaxda "Tayson" laqabli shaxs boshqargan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Маълумотларга кўра, гуруҳ аъзолари фуқароларни ўлдириб кетиш билан қўрқитиб, маҳаллада қўрқув ва беқарорлик муҳитини юзага келтирган.

Samarqandda tanishini yollanma qotil orqali o‘ldirishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Тезкор-қидирув тадбирлари жараёнида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан сохта киллер ишга жалб қилинган. Фуқаро унга 2,2 минг АҚШ доллари тўлашни ваъда қилган.