Shavkat Mirziyoyev halqimizning "8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni" bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev halqimizning "8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni" bilan tabrikladi

Siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Ushbu qutlug‘ ayyomda barcha huquq va erkinliklarimiz, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlik, birlik va hamjihatlik, ortga qaytmas demokratik islohotlarimiz kafolati bo‘lgan Asosiy qonunimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini yanada chuqur his etmoqdamiz.

Hech shubhasiz, xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkuri hamda yuksak xohish-irodasining ifodasi bo‘lgan Konstitusiyamizda muhrlab qo‘yilgan qoida va tamoyillar Yangi O‘zbekistonni barpo etishda barchamiz uchun beqiyos kuch-g‘ayrat, ishonch va ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bu haqda so‘z yuritganda, avvalo, yanada keng vakolat va mas’uliyatga ega bo‘lgan milliy parlamentimiz hamda ilk marta mahalliy Kengashlar deputatlari orasidan saylangan raislar boshchilik qilayotgan viloyat Kengashlari, jamiyat boshqaruvida o‘rni va nufuzi tobora ortib borayotgan mahalla instituti faoliyati misolida xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekani haqidagi konstitusiyaviy qoidaning amaliy tasdig‘ini ko‘ramiz.

Ayniqsa, yangi parlamentimiz tomonidan joriy yilda sudlar faoliyati hamda fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirishga oid qonunlar hamda yurtimizda do‘stlik, hamjihatlik muhitini mustahkamlash, inklyuziv jamiyat, yoshlar, xotin-qizlar masalalari, kam ta’minlangan insonlar manfaatlarini himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash bo‘yicha ko‘plab muhim qarorlar qabul qilinganini ta’kidlash lozim.

Mahalliy kengashlar ham o‘z hududlaridagi dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Ular tomonidan o‘tgan davrda 25 mingdan ziyod masala muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilingani, mansabdor shaxslarga 14 mingga yaqin deputatlik so‘rovlari yuborilgani ham shundan dalolat beradi.

Vakillik organlarini chinakam xalq minbari, xalq ovoziga aylantirishga qaratilgan islohotlarimizning davomi sifatida 2026 yilning 1 yanvaridan tuman va shaharlarda ham hokim va Kengash raislari vazifalarini alohida ajratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiramiz.

Bir so‘z bilan aytganda, xalq hokimiyatchiligi, vakillik demokratiyasi, Konstitusiya va qonun ustuvorligi kabi konstitusiyaviy prinsiplarga bundan buyon ham sodiq qolib, ushbu yo‘nalishdagi islohotlarimizni yanada qat’iy davom ettiramiz.

Hurmatli do‘stlar!

Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda inson qadri, aholining huquq va manfaatlarini ta’minlash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Konstitusiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan ezgu g‘oya asosida o‘tkazilayotgan bu yilgi bayram tadbirlari orqali shu yo‘lda erishgan yutuqlarimiz chuqur tahlil qilinib, yangi va dolzarb vazifalar belgilab olinmoqda.

Keyingi vaqtda barcha soha va tarmoqlarda qo‘lga kiritayotgan natijalarimizga shu nuqtai nazardan baho berar ekanmiz, ularning zamirida, eng avvalo, insonparvarlik va xalqparvarlik tamoyillari mujassam ekanini va ular o‘z samarasini berayotganini alohida qayd etish o‘rinlidir. Misollarga murojaat qiladigan bo‘lsak, joriy yilda aholi jon boshiga daromad 3 ming 500 dollarni tashkil etgani, maktabgacha ta’limda qamrov 78 foiz, oliy ta’limda esa 42 foizga yetgani, odamlarimizning o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 73,8 yoshdan75,1 yoshga uzaygani va boshqa raqamlarni keltirish mumkin.

Konstitusiyamizga asosan davlat zimmasiga yuklatilgan ijtimoiy majburiyatlarni bajarish hamda yurtimizda ijtimoiy davlat barpo etish borasida ham ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 1 million nafardan ziyod fuqaro kambag‘allikdan chiqarildi, kambag‘allik darajasi 6,6 foizga tushirildi.

Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, xalqimiz uchun munosib turmush darajasini ta’minlash, mustahkam huquqiy tizim va ochiq jamiyat barpo etish yo‘lidagi keng ko‘lamli islohotlarimiz dunyo jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilmoqda.

Masalan, 2025 yilda Barqaror rivojlanish maqsadlari indeksida O‘zbekiston 19 pog‘ona yuqori ko‘tarilib, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatida qayd etildi. Global innovasiya indeksida yurtimiz Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha kuchli uchlikdan joy oldi. “S&P”, “Fitch” va “Moodyʼs” kabi nufuzli xalqaro agentliklar tomonidan O‘zbekistonning suveren kredit reytingi oshirildi.

Nufuzli xalqaro anjuman – YUNESKO Bosh konferensiyasi so‘nggi 40 yil davomida birinchi marta Parijdan tashqarida, ya’ni, Samarqandda muvaffaqiyatli o‘tkazilgani ham jahon hamjamiyati tomonidan muhim voqea sifatida e’tirof etilmoqda.

Aziz va muhtaram yurtdoshlar!

Islohotlarimiz hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi kunda biz Konstitusiyamizning har bir normasini davlat va jamiyat hayotida amaliy faoliyat mezoniga aylantirishimiz zarur. Ayniqsa, yoshlarimizga Asosiy qonunimizning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rgatish, ularni konstitusiyaviy qadriyatlar asosida yuksak ongli va vatanparvar fuqarolar, siyosiy tafakkur va huquqiy madaniyat egalari etib tarbiyalash oldimizda turgan g‘oyat muhim vazifadir.

Faqat Konstitusiya va qonunlarimizga chuqur hurmat, puxta huquqiy bilim va amaliy tajriba asosidagina biz davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etib, Vatan va xalq oldidagi farzandlik burchimizni sharaf bilan ado eta olamiz. Shundagina Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuchi, bunyodkorlik salohiyati amalda yanada yorqin namoyon bo‘ladi.

Barchamiz uchun milliy mustaqilligimiz, g‘urur va iftixorimiz timsoli bo‘lgan Konstitusiyamiz sharaflanadigan ushbu quvonchli ayyom munosabati bilan sizlarni yana bir bor chin dildan tabriklayman.

Siz, aziz yurtdoshlarimga sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-totuvlik va farovonlik tilayman.

Konstitusiyamiz va barcha yutuqlarimizning ijodkori bo‘lgan mard va olijanob xalqimiz doimo omon bo‘lsin!

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Guliston shahridagi ovqatlanish shoxobchasida portlash ro‘y berdi (video)

Бу ҳақда вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси матбуот хизмати хабар бермоқда.

Eronda 61 mln tonnalik oltin zaxirasi topildi

Шадан олтин кони Тоғ-кон саноати ва савдо вазирлиги томонидан маъқулланган

Kelayotgan hafta O‘zbekistonda sovuq havo kutilmoqda

"Ўзгидромет" ҳаво ҳарорати тушиши ва кучли шамоллар ҳақида огоҳлантирди.

Serxio Ramos o‘zini «Real»ga taklif qildi. Madridliklarning bu taklifga javobi aniq

Аввалроқ Серхио Рамос "Монтеррей"ни тарк этиб, Европага қайтишга қарор қилгани маълум бўлганди.

Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy: «O‘zbekiston terma jamoasi JChda hech narsaga da’vo qila olmaydi»

Россияда хизмат кўрсатган мураббийи Игорь Коливанов Ўзбекистон терма жамоасига Жаҳон чемпионати–2026да ишонмаслигини айтиб ўтди.

AQSh 2026 yildan dollarning yangi namunalarini muomalaga kiritadi

Ҳар бир купюранинг янги кўриниши муомалага чиқарилишидан олти-саккиз ой олдин оммага тақдим этилади.

Sirdaryodagi portlashda qancha odam halok bo‘ldi?

Аввал хабар қилинганидек, шу йил 2 декабрь куни соат 10:49 да Гулистон шаҳрининг "Тараққиёт" МФЙ ҳудудида жойлашган овқатланиш шохобчасида содир бўлган ёнғин ҳақида тез тиббий ёрдам "Сall-маркази"га соат 11:13 да хабар келиб тушган.

Jahon chempionati-2026 mezboni O‘zbekistonga 50 ming dollar taklif qildi

Ўзбекистон терма жамоаси Жаҳон чемпионатига тайёргарлик жараёнида бир қатор жамоалар билан ўртоқлик учрашувлари ўтказишни режалаштирмоқда.

Rossiya Sibir daryolari suvini Markaziy Osiyo bilan bo‘lishmaydi — olimlar fikri

Иқтисодий сабаблар: профессор Михаил Болговга кўра, лойиҳа жуда қиммат ва инвесторлар йўқ. Экологик ва иқтисодий оқибатлар ҳам аниқ эмас.

Yurgen Klopp "Real"ga qanday talablar qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

Хаби Алонсо Ла Лигада кетма-кет учта дурангдан кейин босим остида қолмоқда. Миш-мишлар олами дарҳол фаоллашди - "Реал" билан гоҳ Зинедин Зидан, гоҳ Юрген Клоппни боғлашмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Samarqanddagi “Qorasuv” suv ombori butunlay qurib qoldi

Мутахассислар бу ҳолатни ҳаво ҳароратининг ортиши, ёмғир камайиши ва сув ресурсларидан самарасиз фойдаланиш билан боғламоқда.

Opta superkompyuteri Jahon chempionati favoritini taxmin qildi

Opta суперкомпьютери Испания терма жамоасини 2026 йилги жаҳон чемпионатининг асосий фаворити деб атади.

Avval buzish keyin tuzish: Shahrixonda buzilgan tandir pulini hokim o‘z hamyonidan to‘lab berdi

Андижон вилояти Шаҳрихон туманида экологик рейдлар вақтида умумий овқатланиш шохобчаларидаги айрим тандирлар ҳавони ифлослантириши мумкинлиги боис бузиб ташланганди.

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Бугун, 7 декабр куни соат 08:57 да Қозоғистоннинг Актобе вилояти Айтекеби туманидан ўтган "Пермь-Тошкент" йўналишида ҳаракатланган “Yutong” йўловчи автобуси ён томонга ариққа ағдарилиб, йўл-транспорт ҳодисаси содир бўлган.

Putinning dahshatli statistikasi: Rossiyaning Ukraina urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshgan — The Economist

Нашрнинг ёзишича, Украина урушида Россиянинг ўлган ва ярадор бўлган умумий йўқотишлари 1 миллиондан 1,35 миллионгача аскар ва офицерни ташкил этди.

Akto‘beda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 5 kishi halok bo‘ldi, ularning 2 nafari o‘zbekistonlik

Вафот этганлар ва жабрланганларни Ўзбекистонга олиб келиш бўйича зарур чора-тадбирлар кўрилмоқда.

Qariyb 1 mlrd so‘mlik horijiy valyutaning chet elga chiqib ketishi to‘xtatib qolindi

Ҳозирда ушбу шахсга нисбатан ЖКнинг 25,182-моддаси 2-қисми “а” банди билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

JSST: Dunyoda bezgakdan o‘lim holatlari ortmoqda

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилотининг янги ҳисоботига кўра, ўтган йили дунё бўйича безгакка чалинганлар сони 282 миллион нафарни ташкил этган. Бу – 2023 йилга нисбатан 9 миллион нафар юқори кўрсаткич.

Indoneziyada suv toshqini va ko‘chkilar tufayli halok bo‘lganlar soni 753 nafarga yetdi

Индонезияда кечги кунларда кузатилган кучли ёмғирлар оқибатида юз берган сув тошқини ва кўчкилар қурбонлари сони 753 нафарга етгани маълум қилинди.

BBC: Pokiston va Afg‘oniston chegarasida yana qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor

"Тун давомида Спин-Болдакдан қочқинлар оқими келган. Қўшни аҳоли пунктларининг аҳолиси ҳам ҳудудни тарк этмоқда", — дейди нашр манбаларидан бири.

Xalqaro yordam qisqarishi sabab 2025 yilda besh yoshgacha bo‘lgan 4,8 million bola vafot etdi

2025 йил давомида беш ёшгача бўлган 4,8 миллион боланинг вафот этгани қайд этилди. Бу кўрсаткич 2024-йилга нисбатан 200 минг нафарга кўп.

HAMAS G‘azo sektoridagi boshqaruvni topshiradi – Al Arabiya

Al Arabiya телеканалига жума куни берган интервьюсида ҲАМАСнинг юқори мартабали расмийси ҳаракат Ғазо секторидаги бошқарувни эндиликда давом эттириш нияти йўқлигини маълум қилди. Унинг айтишича, ҲАМАС аллақачон Ғазони келгуси босқичда бошқариш учун технократлардан иборат махсус қўмитани тузишга розилик билдирган.

Afg‘onistonda 13 yoshli bola oilasining qotilini 80 ming kishi oldida qatl qildi

Бу “Толибон” муваққат ҳукумати томонидан рухсат берилган қатл бўлиб, уни тахминан 80 минг киши томоша қилган. Болага қотилни кечириш ёки стадионни тўлдирган оломон кўз ўнгида ўлим жазосини ижро этиш ўртасида танлов берилган.

NATO Shimoliy Yevropa mudofasini boshqarish shtabini Niderlandiyadan AQShga ko‘chirmoqda

5 декабрдан бошлаб Дания, Швеция ва Финландия мудофасини режалаштириш учун Нидерландиянинг Брюнсюм шаҳридаги оператив штаб ўрнига Қўшма Штатларнинг Норфолк шаҳридаги қўмондонлик жавобгар бўлади, дея хабар бермоқда нашр NATO'нинг расмий баёнотига таяниб.

Buyuk Britaniya surishtiruvi: Putin 2018 yilda Skripalni Novichok bilan zaharlashga ruxsat bergan

Скрипал ва Юлия Солсбери марказидаги жамоат скамейкасидан ҳушидан кетган ҳолда топилган. Шу ҳужумдан бир неча ой ўтиб, Dawn Sturgess вафот этган.

Putin: Rossiya Donbassni harbiy yoki boshqa yo‘l bilan oladi

Киев бу билдирувни қатъий рад қилди.

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishdan so‘ng Isroil hujumlarida 366 kishi halok bo‘ldi

2023-йил октябридан бери Исроилнинг Ғазо секторига ўтказган ҳужумларида 70 125 киши ҳалок, 171 015 киши яраланган. Сўңгги 24 соат ичида ўт очишни тўхтатиш келишувидан кейин янги ҳужумларда 366 киши ҳалок бўлди.

RF Fanlar akademiyasi: «Har yuzta rossiyalikdan bittasi OITS bilan kasallangan»

Россия Фанлар академияси эълон қилган расмий маълумотга кўра, мамлакатда ОИТС билан яшовчилар сони 1 миллион 250 минг нафарга етган.

Evropa yetakchilari Zelenskiyni AQShning ehtimoliy “xiyonati” haqida ogohlantirdi — Der Spiegel

Der Spiegel ёзишича, Европа раҳбарлари Украина президенти Владимир Зеленскийни Вашингтоннинг эҳтимолий хатти-ҳаракатларига нисбатан эҳтиёткор бўлишга чақирган.

Prezident topshirig‘i bilan Gulistondagi yong‘in sababli Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi

Бахтсиз ҳодиса оқибатида 29 нафар фуқаро турли даражада тан жароҳати олган, улардан 3 нафари вафот этган.

O‘zbekistonda ekologik baholash jarayonlari yanada takomillashtirilayotganligi ta’kidlandi

Швейцариянинг Женева шаҳрида Атроф-муҳитга таъсирни трансчегаравий контекстда баҳолаш тўғрисидаги Конвенция (Эспо конвенцияси) ва Стратегик экологик баҳолаш (СЭБ) протоколи доирасида Атроф-муҳитга таъсирни баҳолаш (АМТБ) ва СЭБ бўйича Ишчи гуруҳнинг 13-йиғилиши (1–3 декабр) бўлиб ўтмоқда. Тадбирда Ўзбекистон Республикаси Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси Давлат экологик экспертизаси маркази директори Ғайрат Маҳамедов бошчилигидаги делегация ҳам иштирок этди.

Qirg‘izistonda O‘RVI va gripp holatlari keskin oshdi

Қирғизистонда ЎРВИ ва грипп ҳолатлари кескин ошгани сабабли 50 дан ортиқ боғча вақтинча ёпилди, 5 та мактаб онлайн таълимга ўтказилди.

Germaniyada mamlakat armiyasiga uchun mo‘ljallangan 20 ming dona patron o‘g‘irlab ketildi

Патронлар юкланган юк машинаси ҳайдовчиси Бург шаҳрига етиб келгач, тунаш учун меҳмонхонага кирган

Kubada chivin chaqishi orqali yuqadigan viruslar tufayli 33 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Куба Соғлиқни сақлаш вазирлиги чивин чақиши орқали тарқаладиган арбовируслар туфайли 33 киши вафот этганини хабар қилди.

Qozog‘iston chegarasini noqonuniy kesib o‘tganlik uchun javobgarlik keskin kuchaytirildi

Ўзбекистоннинг Актау шаҳридаги Бош консуллиги қўшни Қозоғистон Республикасида давлат чегарасини ноқонуний кесиб ўтиш ҳолатлари ортиб бораётгани ҳақида огоҳлантирди.