Xabar berilishicha, Afg‘onistonning Qandahor viloyatiga qarashli Spin-Boldak chegara shahri hududida taxminan to‘rt soatlik janglar yuz bergan. Qandahor shahridagi BBC manbasining aytishicha, mahalliy kasalxonaga to‘rt nafar halok bo‘lganlarning jasadlari olib kelingan. Pokiston tomoni esa uch kishi yaralanganini bildirmoqda.
"Tun davomida Spin-Boldakdan qochqinlar oqimi kelgan. Qo‘shni aholi punktlarining aholisi ham hududni tark etmoqda", — deydi nashr manbalaridan biri.
So‘nggi oylar davomida ikki mamlakat o‘rtasida bir necha bor qurolli to‘qnashuvlar yuz bergan, “Tolibon” Pokistonni Afg‘oniston hududiga havo zarbalari yo‘llaganlikda ayblagan. Pokiston esa “Tolibon”ni Pokistonda hujumlar uyushtirayotgan terrorchi guruhlarga boshpana berganligini ta’kidlamoqda. “Tolibon” hukumati Pokiston o‘zining “xavfsizlik tizimidagi xatolari uchun boshqalarga ayb qo‘yayotganini” aytgan. Hozir ikkala tomon ham bir-birini Qatar va Turkiya vositachiligida ikki oy avval o‘rnatilgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganlikda ayblamoqda.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharifning vakili Musharraf Zaidi “Tolibon”ni “sababsiz o‘q uzish”da ayblagan, “Tolibon” vakili esa Pokiston “yana hujumlarni boshlab yuborganini”, ular esa javob qaytarishga majbur bo‘lganini bildirgan.
O‘tgan hafta ikki tomon delegasiyalari tinchlik kelishuvini muhokama qilish bo‘yicha to‘rtinchi raund muzokaralar uchun Saudiya Arabistonida uchrashgan, biroq kelishuvga erishilmagandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
"АҚШ Эронга қарши кенг қамровли уруш бошлаши эҳтимоли бор, мен уларнинг ҳудудига қуруқлик қўшинларини юборишим мумкин, буни истисно қилмайман", — деди АҚШ президенти.
Islamic Revolutionary Guard Corps (ИИҚК) маълум қилишича, Эрон сўнгги 48 соат ичида АҚШ ва Исроилга қарашли 60 та стратегик нишон ҳамда 500 та ҳарбий объектга ҳужум қилган.
Франция президенти Эммануэл Макрон 2026 йилда мамлакат янги гипертовушли ракеталарни ишлаб чиқиш дастурини ишга туширишини эълон қилди. Лойиҳа Буюк Британия ва Германия билан биргаликда амалга оширилиши режалаштирилган.
Тошкент вилояти прокуратурасининг девонхона нозири 276 млн сўмлик жаримани ваколатли танишлари орқали бартараф этиб бериш ва унга нисбатан чора кўрилмаслигини таъминлаш эвазига 9 минг АҚШ доллари талаб қилган.
АҚШ президенти Доналд Трамп Эронга қарши операция «режадан олдинда» кетаётганини билдириб, «48 нафар етакчи бир зумда йўқ қилинди. Бу жуда тез содир бўлди», деди.