Eduards Stiprays YEIning O‘zbekiston bilan viza tartibini soddalashtirish istiqbolini baholadi

Eduards Stiprays YEIning O‘zbekiston bilan viza tartibini soddalashtirish istiqbolini baholadi

O‘zbekiston Respublikasi hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangani tarixiy hodisa deya baholanmoqda. Ostonada o‘tgan xalqaro anjuman doirasida Xabar.uz muxbiri Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashib, yuqori martabali diplomatdan yangi bitimning ahamiyati, O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish imkoniyati haqida qisqa intervyu oldi.

«O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida imzolangan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim mohiyat e’tiboriga ko‘ra hamkorlikning yangi, yanada tizimlashtirilgan tartibini shakllantiradi. Hujjat nafaqat savdo munosabatlariga doir masalalarni, shuningdek, investisiya, standartlarni uyg‘unlashtirish, sanitariya, veterinariya talablarini muvofiqlashtirish, turli sohalarda tartib-qoidalarni takomillashtirish, transport, energetika kabi ikki tomonlama manfaatli hamkorlik yo‘nalishlariga doir jihatlarni ham qamraydi. Suv xo‘jaligi kabi Markaziy Osiyo mintaqasi uchun o‘ta muhim sanalgan jabha, qolaversa, ichki xavfsizlik, migrasiya, tashqi siyosat kabi masalalar ham e’tibordan chetda qolmagan. Umuman olganda, Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim barcha jabhalarni qamragan hujjat bo‘lib, hamkorlik uchun yanada aniq tizim yaratishga xizmat qiladi», – dedi Eduards Stiprays.

Joriy yil 2 dekabr kuni Qozog‘iston Yevropa Ittifoqi bilan viza tartibini yengillashtirish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Xo‘sh, YEI O‘zbekiston fuqarolari uchun ham yaqin istiqbolda viza tartibini yengillashtirishi ko‘zda tutilganmi?

EI diplomatiga ko‘ra, bu amalga oshmas orzu emas, ammo uni ro‘yobga chiqarish uchun ma’lum shart va muayyan muddat talab etiladi.

«Ayni vaqtda bu masala kun tartibida emas. Ammo viza tartibining yengillashtirilishi utopiya emas, balki real hodisadir. Qozog‘iston keysi ham bu reallik ekanini tasdiqlaydi. Buning uchun migrasiya oqimi kuzatuvi borasida muayyan tajriba hosil qilish talab etiladi. Bu reputasiya masalasi hamdir. Viza tartibining soddalashtirilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining migrasiya qonunchiligiga to‘laqonli rioya etishini taqozo etadi. O‘zbekiston fuqarolari migrasiya borasida qonunchilik talablariga yetarlicha mas’uliyat bilan yondashayotgani qayd etilgan holatda, albatta, viza tartibini yengillashtirish bo‘yicha qaror qabul qilinishi mumkin. Shuni ham qayd etish joizki, bu ertangi yoki ertadan keyingi kunning masalasi emas. O‘ylaymanki, bunga qadar bir necha yil o‘tadi. Qisqa qilib aytganda, bu ko‘p jihatdan O‘zbekiston fuqarolarining qonunchilikka nechog‘li hurmat ko‘rsatishiga bog‘liqdir», – deb xulosa qildi YEIning mintaqamiz bo‘yicha maxsus vakili.

Avval xabar berganimizdek, joriy yil 24 oktyabr kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni (Enhanced Partnership and Cooperation Agreement) imzolashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Evrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen yangi bitim O‘zbekiston va YEI fuqarolarining o‘zaro manfaatlari uchun birgalikda ishlashga asos yaratishini urg‘ulagan.

9 ta bo‘lim, 356 ta modda va 14 ta ilovadan iborat bitim ikki tomonlama munosabatlarning deyarli barcha sohalarini qamraydi.

Kengaytirilgan hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi bitim 1996 yilda imzolangan Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim o‘rnini egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, yangi bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralar 2019 yil fevral oyida boshlanib, 2022 yil iyul oyida yakunlangan. Hujjat 2022 yil 6 iyul kuni Bryussel shahrida parafirlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Guliston shahridagi ovqatlanish shoxobchasida portlash ro‘y berdi (video)

Бу ҳақда вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси матбуот хизмати хабар бермоқда.

Eronda 61 mln tonnalik oltin zaxirasi topildi

Шадан олтин кони Тоғ-кон саноати ва савдо вазирлиги томонидан маъқулланган

Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy: «O‘zbekiston terma jamoasi JChda hech narsaga da’vo qila olmaydi»

Россияда хизмат кўрсатган мураббийи Игорь Коливанов Ўзбекистон терма жамоасига Жаҳон чемпионати–2026да ишонмаслигини айтиб ўтди.

Kelayotgan hafta O‘zbekistonda sovuq havo kutilmoqda

"Ўзгидромет" ҳаво ҳарорати тушиши ва кучли шамоллар ҳақида огоҳлантирди.

Jahon chempionati-2026 mezboni O‘zbekistonga 50 ming dollar taklif qildi

Ўзбекистон терма жамоаси Жаҳон чемпионатига тайёргарлик жараёнида бир қатор жамоалар билан ўртоқлик учрашувлари ўтказишни режалаштирмоқда.

Serxio Ramos o‘zini «Real»ga taklif qildi. Madridliklarning bu taklifga javobi aniq

Аввалроқ Серхио Рамос "Монтеррей"ни тарк этиб, Европага қайтишга қарор қилгани маълум бўлганди.

AQSh 2026 yildan dollarning yangi namunalarini muomalaga kiritadi

Ҳар бир купюранинг янги кўриниши муомалага чиқарилишидан олти-саккиз ой олдин оммага тақдим этилади.

Sirdaryodagi portlashda qancha odam halok bo‘ldi?

Аввал хабар қилинганидек, шу йил 2 декабрь куни соат 10:49 да Гулистон шаҳрининг "Тараққиёт" МФЙ ҳудудида жойлашган овқатланиш шохобчасида содир бўлган ёнғин ҳақида тез тиббий ёрдам "Сall-маркази"га соат 11:13 да хабар келиб тушган.

Rossiya Sibir daryolari suvini Markaziy Osiyo bilan bo‘lishmaydi — olimlar fikri

Иқтисодий сабаблар: профессор Михаил Болговга кўра, лойиҳа жуда қиммат ва инвесторлар йўқ. Экологик ва иқтисодий оқибатлар ҳам аниқ эмас.

Yurgen Klopp "Real"ga qanday talablar qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

Хаби Алонсо Ла Лигада кетма-кет учта дурангдан кейин босим остида қолмоқда. Миш-мишлар олами дарҳол фаоллашди - "Реал" билан гоҳ Зинедин Зидан, гоҳ Юрген Клоппни боғлашмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Samarqanddagi “Qorasuv” suv ombori butunlay qurib qoldi

Мутахассислар бу ҳолатни ҳаво ҳароратининг ортиши, ёмғир камайиши ва сув ресурсларидан самарасиз фойдаланиш билан боғламоқда.

Muhammad Saloh jazolanadigan bo‘ldi

Яқинда "Ливерпуль" ҳужумчиси Муҳаммад Салоҳ клуб ва бош мураббий Арне Слотдан норозилигини очиқчасига билдирган эди.

Avval buzish keyin tuzish: Shahrixonda buzilgan tandir pulini hokim o‘z hamyonidan to‘lab berdi

Андижон вилояти Шаҳрихон туманида экологик рейдлар вақтида умумий овқатланиш шохобчаларидаги айрим тандирлар ҳавони ифлослантириши мумкинлиги боис бузиб ташланганди.

Putinning dahshatli statistikasi: Rossiyaning Ukraina urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshgan — The Economist

Нашрнинг ёзишича, Украина урушида Россиянинг ўлган ва ярадор бўлган умумий йўқотишлари 1 миллиондан 1,35 миллионгача аскар ва офицерни ташкил этди.

Erondagi marafon tashkilotchilari unda ayollar hijobsiz holatda ishtirok etgani uchun hibsga olindi — The Insider

Эрон Енгил атлетика федерацияси мусобақа бошланишидан олдин “ҳуқуқий ва диний талаблар”га риоя этилиши масаласидан хавотир билдирганини маълум қилди.

Fransiya Yevrosiyodan Rossiya aktivlarini yashirib, €18 mlrd "reparasion kredit" uchun saqlamoqda

Манбаларнинг айтишича, Франция расмийлари репарацион кредит ғоясини қўллаб-қувватласа ҳам, тижорат банкларидаги активлардан фойдаланишга қарши чиқмоқда, чунки кредиторлар Euroclear билан бошқа шартномавий мажбуриятларга эга.

Ukrainaga “reparasiya” krediti berilgan taqdirda Germaniya uning eng yirik kafili bo‘ladi

Бельгия Россиянинг музлатилган маблағларидан фойдаланишга қарши, Москва эса буни “ўғирлик” деб атамоқда.

Beninda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi

Бенин президенти Патрис Талон мамлакатдаги давлат тўнтаришига уриниш барбод бўлганини расман эълон қилди.

Ekvador qamoqxonasidagi to‘qnashuvda 9 kishi halok bo‘ldi

Эквадорнинг Эль-Оро вилояти, Мачала шаҳридаги қамоқхонада маҳбуслар орасидаги тўқнашувда дастлабки маълумотларга кўра, 9 киши ҳалок бўлди.

Umerov Zelenskiyga AQSh rasmiylari bilan Floridadagi muzokaralar bo‘yicha “batafsil hisobot” berishini aytdi

"Бир неча кун давомида Қўшма Штатларда Украина Бош штаби раҳбари Андрей Гнатов билан биргаликда президент Доналд Трампнинг вакиллари Стив Уиткофф ва Жаред Кушнер билан музокаралар ўтказдик. Конструктив ҳамкорлик учун улардан миннатдорман", — деди Украина Миллий хавфсизлик ва мудофаа кенгаши котиби Рустем Умеров музокаралардан сўнг.

HAMAS qator shartlar bajarilsa, qurol tashlashga tayyorligini bildirdi

Фаластиннинг ҲАМАС ҳаракати, жумладан, Исроил аскарларини Ғазо сектори ҳудудидан тўлиқ чиқариш шарти билан қурол ташлашга рози эканини маълум қилди, деб хабар берди ҳаракат етакчиси эксклавда.

AQSh Ukrainaga yordam uchun 800 million dollar ajratadi

Маълумотларга кўра, АҚШ Конгрессида ушбу ҳужжат бўйича овоз бериш жараёнлари шу ҳафта бошланиши кутилмоқда.

Netanyaxu: Isroil armiyasi Suriyaning janubidagi okkupasiya qilingan hududlarni tark etmaydi

Исроил Бош вазири Биньямин Нетаньяхуга кўра, Башар Асад режими ағдарилганидан кейин Исроил армияси томонидан назоратга олинган Сурия жанубидаги ҳудудлардан чиқиш режалаштирилмаган.

Luvrdagi suv sizishi natijasida yuzlab kitoblarga zarar yetkazdi

Париждаги Лувр музейининг Миср бўлимида содир бўлган сув сизиши натижасида юзлаб китоб ва архив материаллари зарарлангани маълум қилинди.

Ommaviy immigrasiya “Amerika orzusi”ni o‘g‘irlamoqda — AQSh vise-prezidenti

АҚШ вице-президенти Жей Ди Вэнс оммавий миграция мамлакат иқтисодий адолати ва ўрта табақа имкониятларига “сериоз таҳдид” солаётганини таъкидлади.

Akto‘beda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 5 kishi halok bo‘ldi, ularning 2 nafari o‘zbekistonlik

Вафот этганлар ва жабрланганларни Ўзбекистонга олиб келиш бўйича зарур чора-тадбирлар кўрилмоқда.

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Бугун, 7 декабр куни соат 08:57 да Қозоғистоннинг Актобе вилояти Айтекеби туманидан ўтган "Пермь-Тошкент" йўналишида ҳаракатланган “Yutong” йўловчи автобуси ён томонга ариққа ағдарилиб, йўл-транспорт ҳодисаси содир бўлган.

Qariyb 1 mlrd so‘mlik horijiy valyutaning chet elga chiqib ketishi to‘xtatib qolindi

Ҳозирда ушбу шахсга нисбатан ЖКнинг 25,182-моддаси 2-қисми “а” банди билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

JSST: Dunyoda bezgakdan o‘lim holatlari ortmoqda

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилотининг янги ҳисоботига кўра, ўтган йили дунё бўйича безгакка чалинганлар сони 282 миллион нафарни ташкил этган. Бу – 2023 йилга нисбатан 9 миллион нафар юқори кўрсаткич.

Indoneziyada suv toshqini va ko‘chkilar tufayli halok bo‘lganlar soni 753 nafarga yetdi

Индонезияда кечги кунларда кузатилган кучли ёмғирлар оқибатида юз берган сув тошқини ва кўчкилар қурбонлари сони 753 нафарга етгани маълум қилинди.

BBC: Pokiston va Afg‘oniston chegarasida yana qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor

"Тун давомида Спин-Болдакдан қочқинлар оқими келган. Қўшни аҳоли пунктларининг аҳолиси ҳам ҳудудни тарк этмоқда", — дейди нашр манбаларидан бири.

Xalqaro yordam qisqarishi sabab 2025 yilda besh yoshgacha bo‘lgan 4,8 million bola vafot etdi

2025 йил давомида беш ёшгача бўлган 4,8 миллион боланинг вафот этгани қайд этилди. Бу кўрсаткич 2024-йилга нисбатан 200 минг нафарга кўп.

HAMAS G‘azo sektoridagi boshqaruvni topshiradi – Al Arabiya

Al Arabiya телеканалига жума куни берган интервьюсида ҲАМАСнинг юқори мартабали расмийси ҳаракат Ғазо секторидаги бошқарувни эндиликда давом эттириш нияти йўқлигини маълум қилди. Унинг айтишича, ҲАМАС аллақачон Ғазони келгуси босқичда бошқариш учун технократлардан иборат махсус қўмитани тузишга розилик билдирган.

Afg‘onistonda 13 yoshli bola oilasining qotilini 80 ming kishi oldida qatl qildi

Бу “Толибон” муваққат ҳукумати томонидан рухсат берилган қатл бўлиб, уни тахминан 80 минг киши томоша қилган. Болага қотилни кечириш ёки стадионни тўлдирган оломон кўз ўнгида ўлим жазосини ижро этиш ўртасида танлов берилган.

NATO Shimoliy Yevropa mudofasini boshqarish shtabini Niderlandiyadan AQShga ko‘chirmoqda

5 декабрдан бошлаб Дания, Швеция ва Финландия мудофасини режалаштириш учун Нидерландиянинг Брюнсюм шаҳридаги оператив штаб ўрнига Қўшма Штатларнинг Норфолк шаҳридаги қўмондонлик жавобгар бўлади, дея хабар бермоқда нашр NATO'нинг расмий баёнотига таяниб.