SMTI direktori Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati haqida so‘z yuritdi

SMTI direktori Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati haqida so‘z yuritdi

Doha shahrida xalqaro tendensiyalar, diplomatik tashabbuslar va barqaror rivojlanish strategiyalarini muhokama qilish bo‘yicha yetakchi global platforma – har yili o‘tkaziladigan Doһa forumi o‘z ishini yakunladi. 2002-yilda tashkil etilganidan buyon forum jahon yetakchilari, xalqaro tashkilotlar, tahliliy markazlar va akademik hamjamiyat vakillarini birlashtiradigan maydonga aylangan. 2025-yilda tadbir "Adolat amalda: va’dalardan taraqqiyot sari" mavzusida o‘tkazilib, dunyoning 150 mamlakatida sakkiz mingga yaqin ishtirokchini jamladi.

Forumda tinchlikni ta’minlash, mintaqaviy bog‘liqlik va barqaror rivojlanish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi. Ushbu global muhokamalarda O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan va Afg‘onistonni faol jalb etish orqali Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning yangi tizimini shakllantirishga qaratilgan tashabbus – Termiz muloqotiga bag‘ishlangan maxsus sessiya alohida ahamiyat kasb etdi.

Sessiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) hamda Qatardagi Jorjtaun universiteti filialidagi Xalqaro va mintaqaviy tadqiqotlar markazi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Muhokamalarda SMTI direktori Eldor Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi direktori Abdul Hay Qanit, Qatar tashqi ishlar vazirining maxsus vakili Faysal Abdulla Al-Hanzab, shuningdek, Qatardagi Jorjtaun universiteti tarix fani professori Valid Ziad ishtirok etdi. Sessiyani Xalqaro va mintaqaviy tadqiqotlar markazi direktori Zaxra Babar olib bordi.

Tadbirda so‘zga chiqqan SMTI direktori E.Aripov bunday nufuzli platforma doirasida tadbirning o‘tkazilishi O‘zbekistonning transmintaqaviy jarayonlarning tashabbuskori va harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi tobora o‘sib borayotgan rolining e’tirofi ekanligini ta’kidladi. Uning aytishicha, xalqaro hamjamiyatning Termiz muloqotiga bo‘lgan e’tibori Afg‘onistonning konstruktiv ishtirokisiz Markaziy va Janubiy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanishning barqaror tizimini shakllantirib bo‘lmasligini anglatadi.

E.Aripov forum tashkilotchilariga chuqur minnatdorchilik bildirib, so‘nggi yillarda Afg‘oniston masalasidagi diplomatiyada asosiy vositachilardan biriga aylangan Qatarning rolini alohida ta’kidladi. Uning aytishicha, Qatar maydoni siyosatdan xoli, professional va ochiq muloqot uchun o‘ziga xos muhit yaratadi.

Institut direktori tashabbusning mohiyati haqida gapirar ekan, Termiz muloqoti nafaqat ekspert platformasi, balki Afg‘onistonda xalqaro ishtiroqning yangi falsafasini shakllantiruvchi strategik konsepsiya ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu falsafa O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosatdagi asosiy yondashuviga asoslanadi: barqarorlikka bosim va izolyasiya orqali emas, balki rivojlanish, o‘zaro bog‘liqlik va hamkorlik orqali erishiladi. Termiz muloqoti ish o‘rinlari, transport yo‘laklari, ta’lim imkoniyatlari, gumanitar yo‘nalishlar va uzoq muddatli iqtisodiy rag‘batlar yaratilgan joyda tinchlik mustahkamlanadi, degan qarashdan kelib chiqadi.

E.Aripov so‘nggi yillarda Afg‘oniston bo‘yicha pragmatik, iqtisodiyotga asoslangan qarorlarga e’tibor qaratir ekan, O‘zbekiston bu yo‘nalishda xalqaro kun tartibini o‘zgartirishga salmoqli hissa qo‘shganini ta’kidladi. O‘zbekistonning "Ayritom" xalqaro savdo markazini tashkil etishdan BMTning gumanitar xabini ishga tushirish va ta’lim dasturlarigacha bo‘lgan tashabbuslari mintaqaviy mas’uliyatga asoslangan amaliy yondashuvning samaradorligini ko‘rsatdi. "Bu Afg‘onistonning rivojlanishi butun Markaziy Osiyo – Janubiy Osiyo makromintaqasining xavfsizligi va barqaror o‘sishining asosiy omili ekanligi haqida umumiy tushunchani shakllantirish imkonini berdi", – dedi u.

Termizni muloqot markazi sifatida tanlanganiga ma’ruzachi alohida e’tibor qaratdi. U Termizni sivilizasiyalar tarixiy chorraxasi, strategik transport tugun nuqtasi va iqtisodiy hamkorlik uchun zamonaviy maydon ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

E.Aripov o‘z nutqida tashabbusning strategik maqsadi – Afg‘oniston tabiiy bog‘lovchi bo‘g‘in rolini o‘ynaydigan "Markaziy Osiyo – Janubiy Osiyo" o‘zaro bog‘liqligining keng makonini yaratish ekanini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, global notinchlik va geosiyosiy parchalanish sharoitida aynan o‘zaro bog‘liqlik barqarorlikning yangi manbai va o‘ziga xos "tinchlikka sarmoya"ga aylanmoqda. Mintaqaviy transport yo‘laklarini rivojlantirish, tartib-taomillarni uyg‘unlashtirish, savdo oqimlarini raqamlashtirish, ta’lim va energetika loyihalarining sinergiyasi ushbu makromintaqani Yevroosiyoning asosiy o‘sish makonlaridan biriga aylantirishga qodir.

Eldor Aripovning ma’lum qilishicha, Termiz muloqotining navbatdagi yig‘ilishi kelasi yilning bahorida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. U O‘zbekiston doimiy ekspert-diplomatik hamkorlikni rivojlantirish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirishda davom etishini ta’kidladi. Keyingi qadam sifatida soha mutaxassislari o‘rtasida muntazam fikr almashish va aniq natijalarga tez erishishga qaratilgan amaliy tavsiyalarni shakllantirish imkonini beruvchi "Afg‘oniston – Markaziy Osiyo" ixtisoslashtirilgan ekspert yo‘nalishini ishga tushirish ko‘rib chiqilmoqda.

So‘zining yakunida SMTI direktori barcha manfaatdor hamkorlarni Termizga tashrif buyurishga va Termiz muloqotining bir qismi bo‘lishga taklif qilib, "bugungi kunda ushbu tashabbus nafaqat jarayon, balki ochiqlik, o‘zaro manfaatdorlik va mintaqa davlatlarining o‘z umumiy kelajagi uchun mas’uliyatiga asoslangan dunyoning strategik ko‘rinishi" ekanligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Afg‘oniston tomoni O‘zbekistonning mintaqada uzoq muddatli xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

"O‘zbekiston xavfsizlik masalalarini siyosiylashtirishga emas, balki iqtisodiy muloqot va mintaqaviy aloqalarga jalb etishga asoslangan konstruktiv va Kobul uchun eng maqbul yondashuvni namoyon etdi", – deydi Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi direktori Abdul Hay Qanit. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu savdo va tranzit aloqalarining rivojlanishiga hamda odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning kengayishiga xizmat qildi.

Afg‘onistonlik diplomatning ta’kidlashicha, "Afg‘onistonning hozirgi tashqi siyosiy konsepsiyasi xalqaro hamjamiyat bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy aloqalarga qo‘shilishga qaratilgan."

Qatar tashqi ishlar vazirining maxsus vakili Faysal bin Abdulla al-Hanzab ham O‘zbekistonning Afg‘oniston va jahon hamjamiyati o‘rtasidagi o‘zaro aloqa kanallarini saqlab qolishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Davlatlarning o‘zaro bog‘liqlik va mintaqalararo integrasiyani mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirishga xizmat qiladigan Termiz muloqotining ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Jorjtaun universiteti professori Valid Ziad ushbu nuqtai nazarni qo‘llab-quvvatlab, Markaziy va Janubiy Osiyo tarixan yagona madaniy, iqtisodiy va intellektual o‘zaro bog‘liqlik makoni bo‘lib, uning markazida Afg‘oniston turganini ta’kidladi.

Shu munosabat bilan, uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidentining konstruktiv mintaqaviy siyosati ushbu yo‘qolgan bog‘liqlikni tiklash uchun imkoniyatlar eshigini ochdi. U O‘zbekistonning Afg‘onistonni asosan mojarolar va xavf-xatarlar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadigan eskirgan geosiyosiy andozalardan voz kechish pozisiyasiga alohida e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, mintaqaning uzoq muddatli barqarorligi Afg‘onistonni mintaqaviy jarayonlarning to‘laqonli ishtirokchisi sifatida tan olishni hamda insonparvarlik, ta’lim va madaniy sohalardagi hamkorlikni kengaytirishni talab etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Go‘sht narxi keskin oshmoqda

Ўзбекистонда гўшт нархи сўнгги вақтларда сезиларли қимматлашди.

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Tramp Saudiya shahzodasi haqida keskin bayonot qildi

Дональд Трамп Муҳаммад ибн Салмон ҳақида кескин ва баҳсли баёнот берди.

Turkiya AQShni ogohlantirdi!

Агар курдлар Эронга қарши ҳужумларда иштирок этса, дарҳол ҳарбий жавоб бўлади.

Rossiya Ukraina borasida Janubiy Koreyani jiddiy ogohlantirdi

Бу ҳақда Россия ташқи ишлар вазири ўринбосари Андрей Руденко маълум қилди.

"Bu yolg‘on. Men uning gaplarini eshitdim va..."

Ушбу баёнот Парижда бўлиб ўтган "G7" давлатлари ташқи ишлар вазирлари учрашувидан сўнг оммага олиб чиқилди.

Rossiya yaqinlashmoqda

DeepState таҳлилий ресурсининг янгиланган маълумотларига кўра, Россия қўшинлари Донецк вилоятининг бир қатор ҳудудларида олдинга силжиган.

OAV: Saudiya Arabistoni urush sabab AQShga chaqiriq bilan chiqdi

Бу ҳақда The Guardian Саудия разведка манбасига таяниб хабар берди.

Polsha nashri Alisher Usmonovning singlisi muhokama etilgan Lavrov va Siyyarto o‘rtasidagi suhbat yozuvini e’lon qildi

Айни пайтда мазкур аудиоёзув Европа ва Украина матбуотида кенг муҳокама этилмоқда.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Netanyaxu Isroildan qochib ketdi

У Эрон баллистик ракета отишидан олдин қочишга улгурибди.

Kreml Zelenskiyni "qo‘shinlarni olib chiqishga" chaqirdi

Бу ҳақда Россия Федерацияси президенти матбуот котиби Дмитрий Песков баёнот берди.

Tramp Eron sulh so‘raganini aytdi. Tehron javob qaytardi

АҚШ президенти Доналд Трамп бугун Теҳрон Вашингтондан сулҳ сўраганини эълон қилди.

Eron Isroilga eng yirik raketa hujumini amalga oshirdi

Бу ҳақда Исроил Мудофаа Кучлари матбуот котиби идораси маълум қилди.

Budanov Xorlidagi teraktda aybdor deb topildi

Янги йил оқшомида Украина Қуролли Кучлари Херсон вилояти Хорли шаҳридаги кафе ва меҳмонхонага 3та дрон билан ҳужум қилган эди.

Zelenskiy Donbassdan qo‘shinlarni olib chiqish haqida bugunoq qaror qabul qilishi kerak!

РФ президенти матбуот котиби Дмитрий Песков 1 апрель куни ўтказилган конференс-колл давомида айнан шу тарзда баёнот берди.

Farg‘onada og‘ufurushlarga 12 yildan 15 yilgacha qamaldi

Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.

Toshkent va Sirdaryoda «Umra» bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида «Умра» зиёратига юбориш билан боғлиқ бир қатор фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.

Turkiyada muhojirlar qayig‘i cho‘kdi: kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.

Xitoy va Pokistondan tashabbus: Eron atrofidagi urushni to‘xtatish rejasi taklif etildi

Хитой ва Покистон Эрон атрофидаги можарони бартараф этиш мақсадида қўшма тинчлик ташаббусини илгари сурди.

Trampning bayonoti: Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ядровий қуролга эга бўлмаслигини қатъий таъкидлади.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Evropadan tanqid: Zelenskiy mablag‘larni juda tez sarflamoqdami?

Европа Иттифоқи доирасида Украинага ажратилаётган маблағлар юзасидан танқидлар янграмоқда.

Axios: AQSh va Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish evaziga sulhni muhokama qilmoqda

Axios маълумотига кўра, АҚШ ва Эрон Ҳўрмуз бўғозини очиш шарти билан сулҳни назарда тутувчи эҳтимолий келишувни муҳокама қилмоқда.

Oila farovonligi va gender tenglik — bir maqsad, bir yo‘l

Янги Ўзбекистонда инсон қадрини улуғлаш, оила институтини мустаҳкамлаш, хотин-қизларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини таъминлаш, қизларнинг баркамол авлод бўлиб вояга етиши учун зарур шарт-шароитларни яратиш давлат сиёсатининг устувор йўналишларидан бирига айланди. Сир эмаски, жамият тараққиёти, оилалар фаровонлиги ва келажак авлод камолоти, аввало, аёлга бўлган эътибор, қизлар тарбиясига берилаётган юксак аҳамият билан чамбарчас боғлиқдир. Шу маънода, бугун мамлакатимизда гендер тенгликни таъминлаш, оила масалаларига тизимли ёндашиш ва қизларнинг саломатлиги ҳамда маънавий-интеллектуал ривожига қаратилаётган эътибор ўзининг амалий натижаларини бера бошлади.

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Айни пайтда мазкур жиноятга алоқадор бошқа шахсларни аниқлаш бўйича чоралар кўрилмоқда.

Andijonda qalbaki dori vositalari tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi

Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Isroil hujumlarida Livanda halok bo‘lganlar soni 1 247 nafarga yetdi

Сўнгги 24 соатда Исроил қўшинлари Ливан ҳудудига амалга оширган ҳаво ҳужумлари натижасида камида тўққиз киши ҳалок бўлди.

NATO: Hamisha ittifoqchilarimizni himoya qilish uchun zarur choralarni qo‘llaymiz

НАТО бугунги кунда Ирондан Туркияга йўналтирилган ракетани ишга тушириш ҳолатига муносабат билдирди.

Ozarbayjonda fojiaviy voqea: erkak onasini o‘ldirib, o‘zini yoqib yubordi

Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.

AQShdan Eronga ogohlantirish: barcha dron va raketalarni to‘xtatish kerak

АҚШ давлат котиби таъкидлашича, Эрон барча турдаги дронлар ва ракеталарни ишлаб чиқаришни тўхтатиши шарт.

Evropa Ittifoqiga jiddiy ayblov: Ukraina hujumlari uchun havo hududi ochilganmi?

Европа Иттифоқи Украинага Россияга қарши ҳужумларда билвосита ёрдам бераётганликда айбланмоқда.

Erondan ogohlantirish: Hormuz bo‘g‘ozidagi har qanday provokasiya vaziyatni keskinlashtiradi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Ароқчи Ҳормуз бўғозидаги ҳар қандай провокация минтақадаги вазиятни янада оғирлаштириши мумкинлигини билдирди.

Rossiyadan chaqiriq: Yaqin Sharqdagi urushni zudlik bilan to‘xtatish kerak

Россия ташқи ишлар вазири Сергей Лавров Форс кўрфази мамлакатлари ташқи ишлар вазирлари билан мулоқот ўтказиб, Яқин Шарқдаги вазиятни муҳокама қилди.

Erondan jiddiy ayblov: gumanitar samolyotga hujum ortida AQSh va Isroil bormi?

Эрон Fars ахборот агентлиги орқали АҚШ ва Исроилни гуманитар ёрдам олиб кетаётган фуқаролик самолётига ҳужум қилганликда айблади.