O‘zbekiston va YEI o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

O‘zbekiston va YEI o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Bugun 6 iyul kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni (KSHHTB) imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔷 Yangi bitim O‘zbekiston va YEI o‘rtasidagi 1996 yilda imzolangan amaldagi sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim o‘rniga ishlab chiqilgan va kengroq masalalarni qamrab olgan. Savdo, investisiyalar, intellektual mulk sohalaridagi munosabatlar doirasi sezilarli darajada kengaytirildi.

🔷Shuningdek, KSHHT bitimi tashqi siyosat, xavfsizlik, mojarolarning oldini olish va risklarni boshqarish, noqonuniy migrasiya, uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash, terrorizmga qarshi kurash kabi yangi sohalarni o‘z ichiga oladi.

❗️Muhimi, yangi bitim endi hadli bo‘lmasdan, balki O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida, boshqa yo‘nalishlar qatorida, savdo-iqtisodiy aloqalar sohasida keng ko‘lamli hamkorlikning to‘laqonli mexanizmini yaratadi.

▫️ KSHHTB loyihasi bo‘yicha muzokaralar 2019 yil fevral oyida boshlangan va 2022 yil iyun oyi oxirida yakunlangan. Ushbu davr mobaynida ekspertlar, bosh muzokarachilar hamda hukumat a’zolari darajasida 10 raund muzokaralar va 150 dan ortiq uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!