O‘zbekiston ulamolari Prezidentga maktub yo‘lladi

O‘zbekiston ulamolari Prezidentga maktub yo‘lladi

Muhtaram Prezident!

Siz Janobi Oliylarini va Siz orqali butun xalqimizni muqaddas Ramazon oyi kirib kelgani munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi a’zolari nomidan samimiy muborakbod etamiz. Vatan ravnaqi, xalqimiz farovonligi va yurt obodligi yo‘lida tun-u kun qilayotgan fidokorona mehnatlaringizga Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin, ulkan zafarlar ato etsin!

Bugun mamlakatimizda kechayotgan islohotlar jarayonida diniy-ma’rifiy sohaga, milliy qadriyatlarimizni tiklashga qaratilayotgan alohida e’tiboringiz yurtdoshlarimiz qalbida shukronalik tuyg‘usini mustahkamlamoqda. Tajriba va kuzatishlarimizdan ma’lumki, dunyoning kamdan-kam mamlakatlarida Ramazon oyini munosib o‘tkazish bo‘yicha Davlat Rahbari darajasida alohida qaror qabul qilinadi.

Sizning tashabbusingiz bilan qabul qilinayotgan bunday hujjatlar mazkur oyni yuksak insoniy fazilatlar, saxovat va mehr-muruvvat ayyomiga aylantirmoqda.

“Inson qadri uchun!” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlaringizning yaqqol tasdig‘i sifatida, joriy yilning 16 fevral kuni Ramazon oyida ehtiyojmand aholini ijtimoiy himoya qilish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishdagi tarixiy qarorlaringizni alohida e’tirof etamiz.

Ramazon oyi arafasida “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 750 milliard so‘m hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali 300 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi – davlatchiligimiz tarixida misli ko‘rilmagan muruvvat namunasi bo‘ldi. Sizning ushbu tarixiy qaroringiz zamirida buyuk muhaddis bobomiz Imom Buxoriy rivoyat qilgan: “Amallar niyatlarga qarab e’tiborlidir”, degan muborak hadisi sharifdagi xolis va sof niyatlarning ulug‘ hikmati mujassamdir.

Xalq manfaati yo‘lidagi bu g‘amxo‘rlik tufayli minglab oilalarning mushkuli oson bo‘lib, millionlab dillar quvonchga to‘lishi, qancha nogironligi, kasalligi bor kishilarning davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajati qoplab berilishi, shubhasiz, yurtimizga fayz-u baraka olib keladi.

Siz Janobi Oliylari tashabbuskori bo‘layotgan bunday xayrli amallar xalqaro hamjamiyat va dunyo ulamolari tomonidan ham yuqori baholanmoqda.

Muborak hadisi shariflarda keltirilishicha, “Alloh taolo uchun eng maqbul amal – mo‘minning qalbiga quvonch kiritishdir”. Ulamolar Allohning nazarida bo‘lgan insonlar qalbiga farah bag‘ishlashni Yaratganni rozi qilish bilan qiyoslaganlar hamda siniq ko‘ngillarni ko‘tarish, mahzun dillarga umid berish va insonlarning og‘irini yengil qilish ilohiy muhabbatga sabab bo‘lishini alohida ta’kidlaganlar.

Yurtimizdagi 2000 dan ziyod masjidlarda Xatmi Qur’onlarning tizimli tashkil etilishi, diniy-ma’rifiy sohadagi keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi va Islom sivilizasiyasi markazining barpo etilishi Sizning islom ma’rifatiga qo‘shayotgan bebaho hissangiz ifodasidir.

Muhtaram Prezident!

Sizdek adolatli, xalqparvar va yuksak e’tiqodli Yurtboshini Allohning O‘zi yetkazgan. Sizni muborak oy bilan yana bir bor qutlab, Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Xonadoningizdan tinchlik-osoyishtalik, fayz-u baraka arimasin.

Alloh taolo Sizdek vatanparvar, el-yurt dardi bilan yashaydigan farzandni tarbiya qilgan marhum Miromon Ota va Ma’rifatxon Onalarimizning oxiratlarini obod, qabrlarini nurga to‘ldirsin.

Sizning rahnamoligingizda amalga oshirilayotgan har bir xayrli va savobli amallarning ajr-u mukofotini ularning pok ruhlariga yetkazsin. Alloh taolo ularni O‘z rahmatiga olsin, jannatlarini maskan qilsin, Sizga esa ularning duolari soyasida yanada ulkan xizmatlar qilishni nasib etsin.

Yaratgan ushbu muborak kunlarda jonajon O‘zbekistonimizni o‘z asrasin, ezgu niyatlarimiz ijobatini bersin.

Yuksak hurmat va ehtirom ila,
Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Shayx Abdulaziz Mansur, Rahmatullo qori Obidov, Homidjon domla Ishmatbekov, Zayniddin domla Eshonqulov, Shayx Rahmatulla Termiziy, Rahimberdi domla Rahmonov, Shayx Alijon qori Haydarov, Ismoil Muhammad Sodiq, Muhammadayubxon domla Homidov, Habibulloh qori Abdurazzoqov va barcha hududlardagi bosh imom-xatiblar...


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Abduqodir Husanovning muvaffaqiyatlari ortidan Qozog‘iston futboli tanqid qilindi

Қўшни давлатларда аллақачон жаҳон даражасига чиққан футбол юлдузлари етишиб чиқаётган бир пайтда, Қозоғистон футболи ҳамон Дастан Сатпаевнинг келажакдаги муваффақиятига умид қилиб яшамоқда.

Tadbirkor prezidentdan 2–3 tonna oltin so‘radi va....

У мамлакат олтин захираси 52 тоннадан ошганини эслатиб, бизнесни оёққа турғизиш учун Ўшга 2–3 тонна олтин ажратишни сўради.

“Real” yulduzlarni jilovlaydigan murabbiy topdi

“Реал” раҳбарияти жамоага бош мураббий сифатида Дидье Дешамни таклиф қилишга тайёргарлик кўраётгани хабар қилинган эди.

AQSh Husanovdan hayratda!

АҚШнинг жаҳонга машҳур The New York Times нашри Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида таҳлилий материал эълон қилди.

Ronaldu bo‘ldi, futbolni tugat!

Швециялик собиқ футболчи Андерс Лимпар Криштиану Роналдуга карьерасини якунлашни маслаҳат берди.

Italiya JCH-2026 ishtirokchilari qatoriga qo‘shilishi mumkin

Италия миллий терма жамоаси назарий жиҳатдан 2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этиши мумкин.

2040 yilda 33 ta mamlakat suv tanqisligiga duch keladi

Вазият, айниқса, Яқин Шарқда қийин. Бу ердаги сув хавфсизлиги даражаси дунёдаги энг паст кўрсаткичлардан бири.

"Chelsi"ga qarshi Abduqodir Husanovning o‘yini qanday baholandi? (Foto)

Англия чемпионати 32-турида "Манчестер Сити" "Челси" майдонида 3:0 ҳисобида йирик ғалабани расмийлаштирди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eronning ikki million barrel neft tashiy oladigan supertankeri AQShning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi dengiz blokadasini muvaffaqiyatli yengib o‘tdi

Bloomberg агентлиги Ҳўрмуз бўғозидан бунгача Хитойга алоқадор Rich Starry танкери ўтганини ҳақида хабар берганди.

Eron raketalari AQSh harbiy kemalarini cho‘ktirishga shay

Эрон ракеталари АҚШнинг барча ҳарбий кемаларини йўқ қилишга тайёр, деб баёнот берди Эрон олий раҳнамосининг юқори мартабали ҳарбий маслаҳатчиси ва Ислом инқилоби муҳофизлари корпусининг (ИИМК) собиқ қўмондони Моҳсен Ризоий.

AQShning rejasi barbod bo‘ldimi?

Эроннинг янги раҳбарияти аввалгисидан ҳам "кескинроқ" бўлиб чиқди

Lionel Messi Kataloniya klubini sotib oldi

АҚШнинг “Интер Майами” ва Аргентина терма жамоас сардори Лионель Месси Терсера RFEF (Испаниянинг бешинчи дивизиони) лигасида иштирок этувчи Каталониянинг “Корнеля” клубини сотиб олди.

Zelenskiyning tarjimoni mikrofon o‘chirilganini sezmay so‘kinib yubordi

Украина президенти Владимир Зеленский ва Нидерландия бош вазири Роб Йеттеннинг матбуот анжумани якунланганидан сўнг, украиналик таржимон ўзини тута олмай, ҳақоратли сўзлар ишлатди.

Jizzaxda FVB mansabdori pora bilan ushlandi

Ҳолат юзасидан унга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

JAR siyosatchisi Julius Malema 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

"Иқтисодий эркинлик учун курашчилар" (EFF) партияси етакчиси Жулиус Малема 2018 йилги митингда ўқотар қуролдан ноқонуний фойдаланганликда айбдор деб топилди

Oq uy olimlarning sirli o‘limi va yo‘qolishi haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi

Бу ҳақда The Times Кэролайн Левиттга таяниб хабар берди.

AQSh Eronga qarshi “Iqtisodiy g‘azab” operasiyasini boshladi

Бу ҳақда Пит Хегсет матбуот анжуманида баёнот берди.

Samarqandda ma’danli toshlardan oltin ajratib olayotganlar ushlandi

Самарқанд вилоятида ноқонуний равишда маъданли тошлардан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келган шахслар ушланди.

Ekologik ekspertiza tizimini raqamlashtirishda Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси ҳамда Давлат экологик экспертизаси маркази вакиллари 2026 йил 13–17 апрель кунлари Жанубий Корея пойтахти Сеулда бўлиб ўтаётган семинар-воркшопда иштирок этмоқда.

AQSh Senati to‘rtinchi marta Erondagi urushni to‘xtatishdan bosh tortdi

Америка Сенати яна бир бор президент Дональд Трампнинг Конгресс розилигисиз Эронга қарши ҳарбий ҳаракатлар олиб бориш ҳуқуқини чеклашга қаратилган резолюцияни қўллаб-қувватламади.

Narkosavdogarlardan Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg “opiy” giyohvandlik vositasi olindi

Натижада, автомашинада кетаётган Қўшкўпир туманида яшовчи, 2002 й.т., муқаддам наркожиноят содир этганлиги учун судланган шахсга тегишли 4 кг 541 гр “опий” моддаси борлиги аниқланди

Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi

Гап мамлакатдаги нефт маҳсулотларининг 10 фоизигача бўлган қисмини таъминлайдиган корхона ҳақида бормоқда.

Eron raketalarini yana yer osti bazalaridan chiqarmoqda — AQSh ularni to‘liq yo‘q qila olmadi — CNN

Сўнгги АҚШ разведка ҳисоботларига кўра, бир неча ҳафталик жангларга қарамай, Эроннинг ракета қурилмаларининг тахминан ярми ҳали ҳам сақланиб қолган.

Turkiyadagi yana bir maktabda otishma sodir etildi: qurbonlar bor

Ҳодиса Онкишубат туманидаги мактабда содир бўлган. Оқибатда ҳудудга кўплаб полиция кучлари жалб этилди.

Turizm qo‘mitasiga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Шаҳбоз Саидханов Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Оммавий ахборот воситалари учун контент тайёрлаш маркази хулосасига асосан Ўзбекистон Республикаси Туризм қўмитаси раисининг ахборот сиёсати бўйича маслаҳатчиси — ахборот хизмати раҳбари, “Миллий PR-маркази” директори лавозимига тайинланди.

2025 yilda dunyo muzliklarida 408 gigatonna muz erib ketdi

Энг катта музлик йўқотилиши 2023 йилда қайд этилган — 555 гигатон. Аксинча, 1983 йилда муз массасининг рекорд даражадаги ўсиши 115 гигатонни ташкил этди.

Sport ozuqasi kapsulalari ichida "jon saqlagan" sintetik narkotiklar fosh bo‘ldi

Мазкур гиёҳвандлик воситаларининг қора бозорида чакана нархи 350 минг доллларгача етади!

Toshkentda metro poyezdi vagoni eshigi ochiq holda harakatlandi​​​​​​​

Машинист эса эшик ёмилмаса-да, ҳаракатни давом эттирган. Кейинги бекатда поезд тўхтатилган ва йўловчилар туширилиб, ҳаракат таркиби техник кўрик йўлагига олиб кетилган.

35 dollar evaziga bojxonadan olib o‘tilayotgan sumkadan sintetik narkotiklar topildi!

“Тошкент-Аэро” ИБК тезкор тузилмалари ва Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари билан ҳамкорликда аниқланган навбатдаги ҳолатнинг “қаҳрамон”и бир қарашда айбсиз айбдордек туюлади.

DXX xorijiy raqamlardan bo‘layotgan shubhali qo‘ng‘iroqlardan ogohlantirdi

Улар қўнғироқни интернет орқали юбориб, рақамни аввалдан сохталаштириб қўйганликлари боис, мобил компаниялар тизимида бу қўнғироқни ким ва қаердан амалга оширганини аниқлаш мушкул.

Sirdaryo viloyati sudyasi 3600 dollar pora bilan ushlandi

Судя тезкор тадбирда ашёвий далил билан қўлга тушган.

Ohangaron tog‘larida yo‘qolib qolgan 4 yoshli bola tirik topildi

Қидирув-қутқарув ишлари 6,5 соатдан ортиқ давом этган.

Dunyoga «dahshatli darajada» ish o‘rni yetishmovchiligi xavf solmoqda

Бу ҳақда Reuters хабар берди.