O‘zbekiston TIV Kobuldagi portlash haqida: “Mazkur terrorchilik xurujini qat’iy qoralaymiz”

O‘zbekiston TIV Kobuldagi portlash haqida: “Mazkur terrorchilik xurujini qat’iy qoralaymiz”

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi joriy yil 17 avgust kuni Kobul masjidlaridan birida kechki namoz paytida sodir etilgan portlash yuzasidan bayonot berdi.

“Portlash natijasida ko‘plab insonlarning o‘limi va jarohatlangani to‘g‘risidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.

Mazkur terrorchilik xurujini qat’iy qoralaymiz hamda ushbu vahshiyona xatti-harakatning tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilishiga umid qilamiz.

Halok bo‘lganlarining oilalari va yaqinlariga chin dildan hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sog‘ayib ketishibi tilaymiz”, - deyiladi rasmiy bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!