O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari O‘mon elchisi bilan turli daraja va shakldagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvalini muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari O‘mon elchisi bilan turli daraja va shakldagi bo‘lajak uchrashuvlar jadvalini muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev O‘mon elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaydiy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston-O‘mon munosabatlari jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etib, "Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvining Toshkent shahrida muvaffaqiyatli o‘tganini olqishladilar.

Ikki tomonlama asosda va xalqaro institutlar doirasidagi siyosiy va diplomatik hamkorlikni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi. Savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rishga o‘zaro tayyorlik tasdiqlandi.

Turli daraja va shakldagi bo‘lajak uchrashuvlar, jumladan, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish jadvali muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!