O‘zbekiston Rossiya biznesi uchun eng ochiq va istiqbolli bozor - Zligostev

O‘zbekiston Rossiya biznesi uchun eng ochiq va istiqbolli bozor - Zligostev

Ayni damda O‘zbekiston Rossiya biznesi uchun sanoat kooperasiyasini rivojlantirish nuqtai nazaridan eng ochiq va istiqbolli bozor, dedi Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev Yekaterinburgda bo‘lib o‘tayotgan "INNOPROM-2022" xalqaro ko‘rgazmasiga tashrifi doirasida.

Ayni damda O‘zbekiston Rossiya biznesi uchun eksport yetkazib berishni diversifikasiya qilish va sanoat kooperasiyasini rivojlantirish nuqtai nazaridan eng ochiq va istiqbolli bozor hisoblanadi, dedi Zligostev.

Ko‘rgazma doirasida Rossiya savdo vakili O‘zbekiston bozoriga kirishning o‘ziga xos jihatlari bilan tanishish istagida bo‘lgan rus kompaniyalari bilan 30 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazdi.

Zligostev tulalik tadbirkorlarning bank hisob-kitoblari, sertifikatlashtirish va mamlakatimizning asosiy ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq savollariga javob berdi.

Tula viloyati stendiga tashrif buyurib kompaniya vakillari bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvda asosan Tulalik iurilish korxonalari ishtirok etdi. Ma’lumki, bugungi kunda quririlish sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotining eng ustuvor tarmoqlaridan biridir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!