O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yangi tayinlangan elchilarni qabul qildi

A A A
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yangi tayinlangan elchilarni qabul qildi

Bugun, 24 noyabr kuni xorijiy davlatlarning mamlakatimizga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi elchisi Kim Xi Sang, Qirg‘iz Respublikasi elchisi Musa Jamanbayev, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi elchisi Bumediyen Gennad, Qozog‘iston Respublikasi elchisi Beybut Atamkulov, Amerika Qo‘shma Shtatlari elchisi Jonatan Xenikdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Davlatimiz rahbari yangi tayinlangan elchilarni samimiy qutlab, O‘zbekistonda diplomatik missiyasini boshlagani bilan tabrikladi.

Mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq kuchli demokratik huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish qaratilgan keng ko‘lamli va muqarrar tus olgan islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Jahonda kechayotgan murakkab geosiyosiy vaziyatda O‘zbekiston o‘zaro ishonch va hurmat, manfaatli hamkorlikka asoslangan vazmin tashqi siyosat yuritib, barcha davlatlar bilan ikki va ko‘p tomonlama sheriklikni mustahkamlab kelmoqda. Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa va Amerika davlatlari, arab-musulmon mamlakatlari bilan aloqalar yangi bosqichga chiqdi.

Nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliya institutlari bilan sheriklik kengayib bormoqda. Yaqinda Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlari yuqori darajada o‘tdi.

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini chuqurlashtirish, xususiy sektorni faol qo‘llab-quvvatlash, xorijiy sarmoya va texnologiyalarni keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Bularning natijasida so‘nggi 5 yilda iqtisodiyotimizdagi xorijiy investisiyalar hajmi 10 baravar oshib, 40 milliard dollarga yaqinlashdi.

– Biz kelgusi 10 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti hajmini ikki barobarga oshirishni maqsad qilib qo‘yganmiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Buning uchun bizda xohish-iroda ham, intilish va imkoniyatlar ham yetarli. Bunday ulug‘vor marralarga erishish uchun sarmoyalar hajmini kelgusi 5 yilda 120 milliard dollarga yetkazish, jumladan, kamida 70 milliard dollar xorijiy investisiyalar jalb etishni hisob-kitob qilganmiz. Mamlakatimiz eshiklari jahon uchun, dunyo bozorlari esa yurtimiz uchun ochiq bo‘lishi kerak.

Davlatimiz rahbari yangi elchilar vakillari bo‘lgan davlatlar bilan har tomonlama va uzoq muddatli hamkorlikning istiqbollariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Koreya Respublikasi O‘zbekistonning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biridir. Davlatlararo munosabatlar alohida strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan. Oxirgi besh yilda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo hajmi ikki barobar ko‘paygan, bu yil esa 30 foizga o‘sib, 2 milliard dollarga yetgan.

Koreya Respublikasi tomonidan kiritilgan investisiyalar hajmi va qo‘shma korxonalar soni ham ikki barobarga ko‘paygan. Bugungi kunda ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari ishtirokida O‘zbekistonda to‘qimachilik, sog‘liqni saqlash, uy-joy qurilishi, geologiya, farmasevtika, metallurgiya, avtomobilsozlik sohalarida qiymati 14 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yuzga yaqin investisiya loyihalari samarali amalga oshirilmoqda.

Axborot texnologiyalari, davlat boshqaruvi, ta’lim va tibbiyot sohalarida ham Koreyaning ilg‘or tajribasi yurtimizda keng tatbiq etilmoqda.

Bu yil mamlakatimizda yashayotgan 200 mingdan ziyod koreys diasporasi vakillari O‘zbekiston zaminida istiqomat qila boshlaganining 85 yilligini nishonlamoqda. Ularning jamoatchilik faoliyati davlatlarimiz o‘rtasida o‘ziga xos do‘stlik ko‘prigi bo‘layotgani qayd etildi.

2023 yilda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va O‘zbekiston-Koreya biznes forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbirlardan hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini topish va rivojlantirish uchun samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Qirg‘iziston elchisiga murojaat qilar ekan, davlatimiz rahbari o‘zbek va qardosh qirg‘iz xalqi tarixi va an’analari mushtarak bo‘lgan yaqin qo‘shnilar ekanini qayd etdi. Bugun davlatlarimiz o‘rtasida ishon va o‘zaro hurmatga asoslangan konstruktiv muloqot qaror topgan. Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning o‘tgan yili 11-12 mart kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi munosabatlarimiz tarixida yangi sahifa ochdi.

Barcha dolzarb masalalar o‘z vaqtida, har ikki tomon manfaatlarini hisobga olgan holda qardosh xalqlarimizning farovonligi yo‘lida hal etilmoqda. Ayniqsa, erishilgan kelishuvlar asosida chegara masalalari hal qilingani misli ko‘rilmagan umumiy yutug‘imiz bo‘ldi.

Iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport, ta’lim va madaniy-gumanitar jabhalardagi aloqalar ham faollashib borayotir. Yil boshidan buyon mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash ko‘rsatkichi 30 foizga oshib, 1 milliard dollarga yetgan.

Mintaqaviy infratuzilma loyihalari, jumladan, Qambar-ota gidroelektr stansiyasi hamda O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temir yo‘li qurilishi boshlangani ham do‘st xalqlarimizning umumiy manfaatlariga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Prezidentining kelgusi oyda Qirg‘izistonga bo‘lajak tashrifi ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirildi.

Jazoir – arab-musulmon olamida jadal rivojlanib borayotgan mamlakat. Bugungi kunda davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy asosi yaratilmoqda, parlamentlararo do‘stlik va hamkorlik guruhlari samarali faoliyat olib bormoqda.

Mamlakatimiz rahbari mushtarak qadriyatlar va o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarga tizimli tus berish vaqti yetganini ta’kidladi. Ayniqsa, neft va gaz, tog‘-kon, to‘qimachilik, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, farmasevtika, sayyohlik sohalari sheriklikning istiqbolli yo‘nalishlari hisoblanadi.

Ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadida kelgusi yili Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning ilk yig‘ilishini hamda “Made in Uzbekistan” sanoat ko‘rgazmasini o‘tkazish taklifi bildirildi.

Qozog‘iston asrlar davomida qalin do‘st va yon qo‘shnimiz, strategik hamkor va yaqin ittifoqchimizdir. So‘nggi yillarda ikki tomonlama aloqalarning sur’ati yuqori bo‘lib kelmoqda. Parlamentlararo munosabatlar, hududlar o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda.

Ustuvor sohalarda 3 milliard 500 million dollarlik investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda. O‘zaro savdo hajmi ham muttasil o‘sib borayapti. Bu ko‘rsatkich yil boshidan buyon 20 foizga ortib, 4 milliard dollarga yaqinlashgani ham mamlakatlarimiz salohiyati naqadar katta ekanini ko‘rsatadi.

Yaqinda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston madaniyati kunlari ham ikki qardosh elni yanada yaqinlashtirishga xizmat qildi.

Dekabr oyi boshida Qozog‘iston Prezidentining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi davlatlararo munosabatlarda yangi davrni boshlab berishiga ishonch bildirildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonning global miqyosdagi eng muhim va ishonchli hamkorlaridan biridir. Bu yil davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining o‘ttiz yilligi hamda Strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklarasiya imzolanganining yigirma yilligi nishonlandi.

AQSh mamlakatimizning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini, shuningdek, keng ko‘lamli islohotlarni doimiy qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Yurtimizda Amerika Qo‘shma Shtatlarining kak "General Electric", "General Motors", "Hyatt", "John Deere", "Boeing", "Honeywell" kabi yetakchi kompaniyalari samarali faoliyat yuritmoqda.

Davlatimiz rahbari o‘zaro strategik sheriklikning yangi sharoitida O‘zbekiston savdo va investisiyalar, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, energetika, ta’lim, innovasiya, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining yaqinda bo‘lib o‘tgan birinchi yig‘ilishida Amerika kompaniyalari vakillari ham qatnashgani yangi loyihalarga yo‘l ochishiga ishonch bildirildi.

Shuningdek, “S5+1” formatidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni hamda Afg‘oniston bo‘yicha muloqotlarni izchil davom ettirish mintaqamizning umumiy barqarorligiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Marosim yakunida O‘zbekiston Prezidenti elchilarning mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi. Mamlakatimiz bilan hamkorlikni mustahkamlash, hali ishga solinmagan salohiyatni ro‘yobga chiqarish, yangi “o‘sish nuqtalari”ni topish borasida faol va tashabbuskor bo‘lishga chaqirdi.

Elchilar samimiy qabul va samarali faoliyatiga yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga bor bilim va kuch-g‘ayratini yo‘naltirishini qayd etdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"dagi kelajagi oydinlashdi

Тармоқда Абдуқодир Ҳусанов Манчестернинг бошқа бир жамоасига ўтиши ҳақида хабарлар тарқалганди.

JCH-2026 «tarixdagi eng iflos musobaqa» bo‘lishi mumkin

Экологларга кўра, бу чемпионат атмосферага 9 млн тонна СО2 чиқариши мумкин.

Hindistonda ikki farzandi bilan birga yashagan rossiyalik ayol g‘orda topildi

40 ёшли аёлнинг визаси 2017 йилда тугаган.

Dilshod To‘raxo‘jayev ishi: Rossiya O‘zbekistonga nota yo‘lladi

Россиянинг Ўзбекистондаги элчихонаси мазкур иш юзасидан расмий нота берди.

Germaniyani 2014 yilda Jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ЖЧ-2026 йўлланмасини муддатидан олдин қўлга киритганидан хабарингиз бор.

Qozog‘istonda 1 millionga yaqin sayg‘oqni otishga qaror qilishdi

Қозоғистон ҳукумати Қизил китобга киритилган, аммо эндиликда кўпайиб кетган «сайғоқлар сонини мувофиқлаштириш»га қарор қилди.

"Manchester Siti"ni tark etadigan navbatdagi futbolchi nomi aniq bo‘lib bormoqda

Бу ҳақда инсайдер Фабрицио Романо хабар бермоқда.

Mirzabek Xolmedov yangi lavozimga tayinlandi

Бу ҳақда Маданият вазирлиги хабар берди.

"Oltin to‘p" uchun nomzodlar reytinggi yangilandi

Goal портали талқинига кўра, Усмон Дембеле "Олтин тўп"га асосий даъвогар бўлиб қолмоқда.

Yaponiyalik bokschi Murodjon Ahmadaliyev bilan jangi anonsiga munosabat bildirdi

Проф бокснинг иккинчи энг енгил вазн тоифасида мутлақ жаҳон чемпиони, япониялик Наоя Иноуэ навбатдаги жангини тасдиқлади.

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Mashhur bloger Abduroziq Dubay aeroportida hibsga olindi

Расмий идоралар ҳозирча бу ҳодисага изоҳ бермаган ва иш тафсилотларини ошкор қилмаган.

Razambek Jamalov "Sabr tilayman, birodar"

Олдинроқ, таэквондо устаси Улуғбек Рашитов жойлашув маълумотларини тақдим этиш бўйича антидопинг қоидаларини бузгани учун икки йил муддатга мусобақалардан четлатилганди.

"Real" superyulduzi Mbappe tufayli klub bilan bitimni uzaytirishdan bosh tortdi

"Реал" ва Бразилия терма жамоаси вингери Винисиус Жуниор жамоадоши Килиан Мбаппе туфайли жамоа билан шартномасини узайтирмоқчи эмас.

"Agar men Putinni o‘rnida bo‘lganimda o‘ylab ko‘rardim va muzokara stoliga o‘tirardim "

Украина учун бу — ажойиб янгилик.

Eron olimlari Netanyahuga o‘z salohiyatini ko‘rsatadi

Эрон Ташқи ишлар вазири Аббас Арағчи Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяҳунинг Эрон ракеталарига оид баёнотига жавоб берди.

Duduqlanadigan bolalarni qo‘rqitish usuli bilan davolashga uringan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ижтимоий тармоқларда тарқалган, ўзини гўёки дефектолог-психолог деб атаган Д.Ж дудуқланган болаларни сўкиниш ва қўрқитиш усулида даволашга урингани акс этган видеохабар бўйича Болалар омбудсмани 2024 йилнинг якуни ва 2025 йил январ ойида ўрганиш олиб борган ва бу ҳақда жамоатчиликка маълумот берган.

"Sea Breeze" kurortining qurilishi Chorvoqdagi ekologik muammolarga barham beradimi?

Ўзбекистон Республикаси Экология вазирлиги ва унинг ҳузуридаги Давлат экологик экспертиза маркази, шунингдек, оммавий ахборот воситалари вакиллари учун Озарбайжонга пресс-тур ташкил этилди. Пресс-тур давомида журналистлар “Sea Breeze” компаниясининг Боку шаҳридаги фаолияти билан яқиндан танишдилар ва унинг халқаро экологик стандартларга қай даражада мос келиши ўрганилди.

Toshkentda kiberjinoyatchilar guruhi bank kartalaridan 1 mlrd so‘m o‘g‘irladi

Аниқланишича, фирибгарлар вирус юқтирилган қурилмаларидаги SMS-тасдиқлаш кодларини кузатиб бориш имконини берувчи ёпиқ Telegram гуруҳ яратган.

Diqqat! Andijonda hokim o‘rinbosari, statistika va pensiya jamg‘armasi bo‘limlari rahbarlarining qilmishlari fosh etildi

Бюджетдан ташқари пенсия жамғармасининг Оҳангарон туман бўлими бошлиғи маҳаллий фуқаронинг йўқолган меҳнат дафтарчасини тиклаб, уни ёшга доир пенсияга чиқариб бериш эвазига 1500 АҚШ долларини пора сифатида олган вақтида унинг ноқонуний ҳаракатларига чек қўйилди.

G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 58 000 nafardan oshib ketdi

Бу ҳақда Ғазодаги Фаластин Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилган.

Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi bir necha hududlarga zarba berdi: 11 falastinlik halok bo‘ldi, o‘nlab kishi yaralandi

2025 йил 14 июль куни Исроил армияси Ғазо секторидаги бир нечта ҳудудларга кенг кўламли ҳаво ва артиллерия зарбаларини амалга оширди. Маҳаллий тиббий манбалар ва гувоҳларга кўра, ушбу ҳужумлар натижасида камида 11 фаластинлик ҳалок бўлган, ўнлаб тинч аҳоли жароҳатланган.

Suriyaning Es-Suveyda viloyatida druz va beduin guruhlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv: 30 kishi halok bo‘ldi, 100 nafar yaralangan

Маҳаллий манбаларга кўра, тўқнашувлар ҳар икки томон вакилларининг бир-бирларига тегишли автомашиналарни олиб қўйиши ортидан бошланган. Низо тез орада оғир қуроллар қўлланилган шафқатсиз жангларга айланди.

Rossiya safida urushgan 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Украинага қарши урушда Россия армияси сафида жанг қилган 66 нафар Ўзбекистон фуқароси ҳалок бўлди. Уларнинг кўпчилиги қамоқдан озодликка чиқиш умиди билан урушда қатнашган. BBC ва «Медиазона» манбаларига кўра, улар асосан «Вагнер» гуруҳи орқали фронтга юборилган.

Yaponiyada 21 iyundan buyon zilzilalar to‘xtamayapti

Япония жануби-ғарбидаги Токара ороллари атрофида июн охиридан буён 1,9 минг мартадан кўпроқ зилзила қайд этилгани ҳақида мамлакат бош метеорология бошқармаси маълум қилди.

Air India aviahalokati: yoqilg‘i uzatilishi o‘chirilgani tasdiqlandi, 260 kishi halok bo‘lgan

Ҳиндистонда Air India’нинг AI171 рейси билан боғлиқ авиаҳалокатни текшириш доирасида тажовузкор воқеалар аниқланди.

Bugundan 2025/2026 o‘quv yili uchun test sinovlari boshlandi

Олий ва касбий таълим муассасаларига кириш бўйича 2025/2026 ўқув йили учун тест синовлари бошланди.

Rossiya: jazirama ob-havo tufayli Stavropol o‘lkasida elektr energiyasi navbatma-navbat o‘chirilmoqda

У ерда ҳаво ҳарорати +42°C даражагача кўтарилган.

Britaniyaning Esseks grafligidagi Sautend aeroportida kichik o‘lchamli samolyot qulab tushdi

Beechcraft King Air B200 самолёти Нидерландияга йўл олаётган бўлган

Gruziyada savdo markazi portlash xavfi sabab evakuasiya qilindi

Айни вақтда антитеррор кучлари томонидан хавфсизлик чоралари кўрилмоқда ва марказ тўлиқ текширилмоқда.

Marg‘ilonda Jentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketdi

Ҳодиса жорий йилнинг 10 май куни содир бўлган. Боланинг ҳаёти сақлаб қолинган

Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda yong‘in chiqdi

Вазият тўлиқ Тошкент шаҳар ФВБ томонидан назоратга олинган.

Isroillik mustamlakachilar yana «Al-Aqso» masjidiga reyd uyushtirishdi

Оккупация қилинган Шарқий Қуддусда, Исроил полицияси ҳимояси остида, фаластинликларга тегишли ерларни босиб олган исроиллик мустамлакачилар яна «Ал-Ақсо» масжиди ҳудудига рейд уюштиришди.

Isroil hujumi oqibatida falastinlik o‘smir falaj bo‘ldi va hayoti uchun kurashmoqda

Мусабнинг қисмати — Ғазода тинч аҳоли, айниқса болалар қандай азият чекётганини намоён этувчи яна бир ҳужжатли мисол бўлиб қолмоқда.

AQSh endi Yaponiya va Avstraliyaga bosim o‘tkazmoqda. Nega?

Бу ҳақда Financial Times (FT) газетаси манбаларига таянган ҳолда хабар берди.

Farg‘onada Qirg‘izistondan olib kelingan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

Фуқаролар ушбу дори воситаларини келгусида сотиш мақсадида Қўқон шаҳрида ижарага олинган хонадонга олиб борган вақтларида ушланди.