O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punkti vaqtincha yopildi

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punkti vaqtincha yopildi

Ushbu chegara punktini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki davlat fuqarolardan yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘ralgan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punkti vaqtincha ishini to‘xtatdi. Bu haqda Qozog‘iston Xavfsizlik xizmati (KNB) chegara xizmati bayonotiga asoslanib Sputnik Qozog‘iston xabar bermoqda.

“O‘zbekistonlik hamkorlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning 1 iyulidan boshlab axborot tizimidagi nosozliklar tufayli "Daut-ata" – "Tajen" avtomobil yo‘lidagi chegara o‘tkazish punktidan odamlar, transport vositalari va tovarlarning o‘tkazish vaqtincha cheklangan.

Shuningdek, "Karakalpakiya" – "Beyneu" yo‘nalishida temir yo‘l qatnovini ham vaqtincha to‘xtatishni rejalashtirgan", - deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan chegara punktlarini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki davlat fuqarolaridan yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish so‘ralgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!