O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonga bordi

A A A
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan Dushanbe shahriga bordi.

Aeroportda davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, bugun O‘zbekiston yetakchisi Tojikiston Prezidenti bilan muzokara o‘tkazadi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!