O‘zbekiston pauerlifterlari Koreyadan oltin va kumush medal bilan qaytishmoqda

O‘zbekiston pauerlifterlari Koreyadan oltin va kumush medal bilan qaytishmoqda

Janubiy Koreyaning Pxyontxek shahrida para pauerlifting bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari beruvchi Osiyo-Okeaniya ochiq chempionatining jamoaviy (MIX) bahslari o‘tkazildi.

O‘zbekiston ushbu bellashuvda 2 ta jamoa bilan ishtirok etdi. 1-jamoada Farhod Umrzoqov, Xusniddin Usmonov hamda Ro‘za Qo‘ziyeva, 2-jamoada esa Sanjar Olloberganov, Axror Bozorov hamda Qudratoy Toshpo‘latova mamlakatsharafini himoya qildi.

Ikkala jamoa ham sovrindorlar safidan joy olib,1-jamoa oltin, 2-jamoa kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Bronza medalni Tailand jamoasiga qo‘lga kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!